Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi
U fuqaroga o‘zini bank operatori deb tanishtirgan va uning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.
Jizzax viloyatida fuqarolarning biriga o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, uning 20 mln so‘m pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatida yashovchi ayol M.S. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 20 mln so‘m noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi R.A. sodir etgani aniqlangan.
Unga ko‘ra, gumonlanuvchi R.A. jabrlanuvchi ayol M.S.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini "bank operatori" sifatida tanishtirib, SMS xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.
So‘ng uning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, onlayn tarzda 20 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan R.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa, darhol 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling”, deyiladi xabarda.
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

09:40 / 20.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor

15:24 / 09.03.2025
Farg‘onada onlayn qimorga berilgan shaxs yashirincha hamkasblari nomiga kredit olib, ularni ham yutqazdi

12:13 / 07.03.2025
Fuqaro o‘zi nomiga kredit rasmiylashtirishga taqiqni qanday o‘rnatishi mumkin?

18:43 / 05.03.2025