O‘zbekiston | 09:30 / 23.09.2024
10781
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlash taklifini bildirdi

O‘zbekiston bosh konsuli Jahongir Parmonov Rossiyaning "Keyterinburg" federal oziq-ovqat kompaniyasi rahbari Ruslan Doljyenko bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA

Unda Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar huquqiy himoyasi, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida fikr almashildi.

Ruslan Doljyenko "Keyterinburg" kompaniyasi Sverdlovsk viloyatida o‘z faoliyatini kengaytirayotganini bildirdi. Shuningdek, u yangi tashkil etilayotgan quvvatlarga  100 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlash imkoniyati borligini ma’lum qildi.

Muloqot yakunida taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb etish maqsadida mamlakat tegishli tashkilotlari vakillari bilan alohida uchrashuv tashkil qilish to‘g‘risida kelishib olindi. 

Mavzuga oid