Eron oliy rahbari Yaqin Sharqni Isroilga qarshi isyon ko‘tarishga chaqirdi
Ali Xomanaiy so‘nggi 5 yil ichida birinchi marta omma oldida nutq so‘zlab, Isroilga yaqinda qilingan hujumni olqishladi.
Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy so‘nggi besh yil ichida birinchi marta juma namozida so‘zlab, Isroilga yaqinda amalga oshirilgan yirik raketa hujumini izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar kerak bo‘lsa, mamlakat bunday harakatlarni takrorlashga tayyor, deb yozdi AP.
85 yoshli Xomanaiy Eronning Isroilga raketa hujumini Qurolli kuchlarning «ajoyib ishi» deb atadi. Shuningdek, 2023 yil 7 oktyabr kuni HAMAS tomonidan Isroilga qilingan hujumini oqlab, «Falastinning qonuniy harakati» deb aytdi.
Eron rahbari yaqinda Isroilga qilingan raketa hujumini «xalqaro huquq, mamlakat qonunlari va islomiy e’tiqodlarga asoslangan» dedi va «Afg‘onistondan Yamangacha, Erondan G‘azogacha» bo‘lgan davlatlarni dushmanga qarshi chora ko‘rishga tayyor bo‘lishga chaqirdi.
Qayd qilinishicha, Xomanaiy oxirgi marta juma namozida 2020 yilda, Bag‘dodda Amerika dron hujumi oqibatida general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganidan so‘ng so‘zlagan. Bu safar u arab mamlakatlariga arab tilida xitob qildi.
Xomanaiy nutqidan oldin «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘limini xotirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Mavzuga oid
19:36 / 04.10.2024
Isroil nishonlari: yadroviy markazlar, neft omborlari yoki oyatulloh?
16:23 / 04.10.2024
Eronning Isroilga raketa zarbasidan keyin neft narxi oshdi
13:00 / 04.10.2024
Livan: Isroil hujumlari oqibatida bir sutka ichida 46 kishi halok bo‘ldi
11:37 / 04.10.2024