Isroilning Bayrut markaziga bergan navbatdagi zarbasi natijasida olti kişi halok böldi, deb xabar berdi Livan soğliqni saqlaş vazirligi 3 oktyabr, payşanbaga ötar keçasi. The Times of Israel internet-naşrining aniqlik kiritişiça, Isroil havo hujumidan söng BMT ştab-kvartirasi, şuningdek, boş vazirning idorasi va parlament binosi yaqinida joylaşgan Boşura hududidagi köp qavatli uyning uçinçi qavatida yonğin sodir bölgan.
«Hizbulloh»ning Al-Manar telekanali hujum guruhning tibbiy bölimi markazini nişonga olganini da’vo qilmoqda». Avvalroq AFP öz muxbirlari Bayrutda kuçli portlaş ovozini eşitgani haqida xabar bergan edi. 3 oktyabrga ötar keçasi Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) Telegramʼda Bayrutga «maqsadli zarba» berganini ma’lum qildi, biroq tafsilotlarni keltirmadi. Uşbu hujum qurbonlari orasida qança jangçi borligi oçiqlanmagan.
Avvalroq, 2 oktyabr oqşomida Livan soğliqni saqlaş vazirligi sönggi 24 soat içida Isroil hujumlari oqibatida mamlakat böylab 46 kişi halok bölgani va yana 85 kişi jarohatlangani haqida ma’lumot tarqatgan edi.
Isroil armiyasi Livan janubida şiddatli janglar olib bormoqda
Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL ) 2 oktyabr kuni Livan janubida «oğir janglar» boşlanganini e’lon qildi va mintaqa aholisini Litani daryosi janubidagi hududlarga bormaslikka çaqirdi. Bundan biroz avval «Hizbulloh» harakati Livandagi Isroil harbiy amaliyoti boşlanganidan beri mamlakat janubidagi Odais qişloği yaqinida isroillik harbiylar bilan birinçi töqnaşuv haqida xabar bergan edi.
«Hizbulloh» da’vo qilişiça, harakat jangçilari isroilliklarga talafotlar yetkazgan va ularni çekinişga majbur qilgan. Bundan taşqari, ular Isroil şimolidagi Misgav-Am hududida isroillik qöşinlarining katta konsentratsiyasiga raketa va artilleriyadan zarba berilganini va yana uçta joyda TsAHAL pozitsiyalariga raketa zarbalari berilganini e’lon qildi.
Isroil qömondonligiga köra, çorşanba kuni ertalab Livandan Isroilga 50 ta raketa uçirilgan. Aksariyat aholisi evakuatsiya qilingan Metula qişloğida 10 ta uy zarar körgan.













