Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BYD YUAN UP endi O‘zbekistonda: Shaharlarda harakatlanish uchun mos zamonaviy elektr SUV
BYD YUAN UP modelining tantanali taqdimot marosimi shu yilning 16-oktabr kuni Toshkent shahridagi CAEx ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi.
Foto: BYD
YUAN UP to‘rt xil rangda taklif etiladi: yashil, qora, oq va kulrang. Bu model O‘zbekistonda faqat premium “401KM Flagship” variantida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
177 ot kuchi, 290 Nm aylanish lahzasi va 0 dan 100 km/soatgacha tezlanishi 7.9 soniya bo‘lgan BYD YUAN UP haydovchilarga hayajonli va tezkor boshqaruv tajribasini kafolatlaydi.

- Mijozlar uchun afzalliklar:
• Bir yil davomida oylik 2 GB bepul internet trafik;
• 7 kVt quvvatli bepul quvvatlash qutisi va VtoL quvvatlash qurilmasi.
- Kafolat:
• Avtomobil uchun 6 yil yoki 150 000 km;
- Elektr dvigatel, akkumulyator va elektron qurilmalar uchun 8 yil yoki 150,000 km.

BYD YUAN UP O‘zbekiston bozoriga keng xizmat ko‘rsatish tarmog‘i va uzoq yillik kafolati bilan birgalikda taqdim etilmoqda. Uning narxi rasmiy taqdimot marosimida e’lon qilinadi.
YUAN UP va shahar elektromobillari qatoridagi boshqa modellar haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun rasmiy veb-saytimizga tashrif buyuring yoki ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring.

Ma’lumotlar uchun:
Rasmiy ishonch telefoni: 1811
Veb-sayt: https://bydauto.uz
Instagram: @bydauto.uz
Facebook: @bydauto.uz
Telegram: https://t.me/bydautouz
Reklama
Mavzuga oid
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
13:58 / 03.01.2026
BYD sotuvlar hajmi bo‘yicha Tesla'dan o‘zib ketdi
07:52 / 09.12.2025
Toyota yetakchi, BYD shiddat bilan yaqinlashmoqda: dunyo avtobozori reytingi
12:00 / 03.12.2025