Toshkentda II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi
9-10 oktyabr kunlari o‘tkaziladigan «Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024» xalqaro sammitida 30 dan ortiq mamlakatdan 60 ga yaqin kompaniya, 120 dan ortiq delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Foto: Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi
Toshkentda 9-10 oktyabr kunlari «Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024» II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda 30 dan ortiq mamlakatdan 60 ga yaqin kompaniya, 120 dan ortiq delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, sammitda Janubiy Koreya, Ozarbayjon, Turkiya, Gruziya, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning kiberxavfsizlik masalalarida vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar — Xalqaro elektraloqa ittifoqi, FIRST, OIC-CERT hamda SABABA, Check Point, Cloudflare, Fortinet, Group-IB, Trend Micro kabi kompaniyalar ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, kibermakonda malakali mutaxassis, haker Jyeyson Stret ham o‘z taqdimoti bilan qatnashadi.
«Sammitning yuqori darajali qaror qabul qiluvchilar, kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlari auditoriyasi dinamik global xavfxatar manzarasini va mintaqa mamlakatlariga raqamlashtirish orqali taqdim etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlardan to‘liq foydalanishda qanday yordam berishi mumkinligini o‘rganadi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, sammitning umumiy mavzusi raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning ahamiyati: yechimlar, tahdidlar va hamkorlik, muhim infratuzilma va biznes aktivlarini himoya qilishga qaratilgan. Bu yilgi sammitda 60 ga yaqin ma’ruzachilar o‘z kompaniyalari va takliflarini taqdim etadi.
Shu bilan birga, ikki kunlik sammit doirasida «Cyberkent 2.0», CTF (ochiq topshiriqlar), «Robbo-Fest» yosh avlod uchun tashkil qilingan robototexnika musobaqalari, shuningdek, «Cyberkent 2.0» respublika musobaqasi doirasida «Workshop» seminar-treningi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:33
-
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan
Jahon | 10:19
-
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda
Jahon | 09:55
-
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:40
Mavzuga oid

09:40
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

18:17 / 16.04.2025
Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi restavratsiya qilinadi

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

09:54 / 14.04.2025