Tarix sahnida 74 yil hukm surgan sovet davrida köplab jinoyatlar sodir bölgan. Biroq bu davlatda ular ommadan yaşirilardi.

Bundan maqsad, odamlar ongiga «SSSRda jinoyatçilik va giyohvand moddalarga ruju qöyiş yöq, hamma tinç, soğ-omon hayot keçirmoqda», degan yolğon gapni singdiriş edi.

Aslida, sovet ittifoqida köz körib, quloq eşitmagan işlar, turli jinoyatlar röy berardi.

Ana şunday jinoyatlardan biri 1981 yilda sodir böladi. Taniqli sovet aktrisasi Zoya Fedorova Moskvadagi kvartirasida öldirib ketiladi. Xöş, öşa paytda 72 yoşda bölgan aktrisaning ölimi kimga kerak edi?

«Xalq duşmani»

1909 yilda Sankt Peterburgda tuğilgan bölajak aktrisaning yoşligi 1917 yilda Rossiyada sodir bölgan davlat töntarişi va undan keyingi talatöplar davrida keçadi.

1918 yilda Zoyaning oilasi Moskvaga köçib ötadi va u maktabni bitirgaç teatr bilim yurtida öqiydi. Qiz uruşgaça bir neça marta turmuşga çiqib ajraşadi.

tvc.ru

Zoya 1932 yilda ilk marta badiiy filmda suratga tuşganida hali talaba edi. Keyinçalik uruşgaça u yana bir qator filmlarda va spektakllarda rol öynaydi. 1938 yilda Zoyaning otasi qamaladi. Aktrisa şunda ham rollar ijro etişda davom etadi.

1945 yilda faşizm ustidan qozonilgan ğalaba şarafiga SSSR taşqi işlar vazirligi ötkazgan bir tadbirda u aqşlik diplomat Jyekson Teyt bilan tanişadi.

Şundan söng ayol Jyeksonni sevib qoladi va bir muddat u bilan birga yaşaydi. Jyekson ayolning homilador ekanini bilganida undan SSSRni tark etişni talab qilişayotgandi. Zoya qizini tuğgan paytda sovet hukumati Jyeksonni mamlakatdan çiqarib yuborgandi.

Aktrisa xorijlik harbiy-diplomatdan farzand körganini yaşiriş maqsadida 1946 yilda kompozitor Aleksandr Ryazanovga turmuşga çiqadi. Biroq NKVD «iskovuçlari» barçasini bilib turgandi.

Rojyer Teyt va Zoya Fedorova
dayonline.ru