Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ko‘p kayf qilib yuborganman” - 3 yashar bolaning qotili o‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganini aytdi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida o‘zi bilan yashab kelgan ayolning 3 yoshli farzandini vahshiylarcha o‘ldirgan giyohvand erkak ustidan sud davom etmoqda. Ikkinchi sud majlisida sudlanuvchi va guvohlar ko‘rsatma berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Birinchi sud majlisidan reportaj bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Ikkinchi sud majlisida so‘z olgan sudlanuvchi jabrlanuvchi ayol bilan bir yildan buyon birga yashab kelgani, ular o‘rtasida faqat shar’iy nikoh borligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, psixotrop va giyohvand moddalarni yoshligidan beri iste’mol qilib kelgan.
“Dorilarni yoshligimdan beri qabul qilib kelaman. Ularni ko‘chadan, internet orqali olardim. O‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganman. Voqeani eslay olmayman. Ko‘p kayf qilib yuborganman”, deydi sudlanuvchi.
U qilgan ishidan pushaymonligi aytib, suddan kechirishni so‘radi.
Sudlanuvchining advokati himoyasi ostidagi shaxsning ko‘rsatmalariga izoh berib, jumladan, “glyuk” nimaligini sud ishtirokchilariga tushuntirib berdi.
“U oxirgi 5-6 kunda narkotik va psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda iste’mol qilgan. “Glyuk” – ichimga jin kirib qoldi, degani. “Bola ko‘zimga dajjol bo‘lib ko‘rindi, mana shu narkotik tasirida. Ichimga jin kirib, bolani o‘ldirishni buyurdi” deyapti”, – deydi sudlanuvchining himoyachisi.
Sud ishni ko‘rib chiqishda 25 noyabrgacha tanaffus e’lon qildi.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
16:53 / 04.06.2026