Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida havo qatnovi tiklanadi
Toshkent–Lohur–Toshkent yo‘nalishida havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yiladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 15 noyabrdan boshlab «Toshkent–Lohur–Toshkent» yo‘nalishida havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekiston va Pokiston shaharlari o‘rtasida yangi yo‘nalishdagi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokara davom etmoqda.
– O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan pokistonliklar uchun viza rasmiylashtirish tartibining soddalashtirilgani hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilayotgani Pokiston jamiyati uchun quvonarli hodisa bo‘ldi, – dedi faxriy konsuli Najib Vohra. – Bu O‘zbekiston yetakchisining mintaqaviy bog‘liqlikni qayta tiklash borasidagi siyosati qat’iy va bu jarayon endi ortga qaytmasligidan dalolat beradi. Mintaqalarimiz o‘rtasida qayta tiklanayotgan aloqalarga yangicha mazmun baxsh etadi. Ishbilarmonlar uchun vaqt eng qimmatbaho ne’mat va qayta tiklanmas resurs hisoblanadi. Biznes doira vakili sifatida ishonch bilan ayta olamanki, yo‘lga qo‘yilayotgan yangi aviamarshrut ikki mamlakat tadbirkorlarining o‘zaro safarlari davomida sarflanadigan vaqtini tejab, aloqalarni jadallashtiradi, yangi qo‘shma loyihalar uchun yo‘l ochadi.
Ta’kidlanishicha, qatnovlar pokistonliklar uchun O‘zbekistonning, jumladan Toshkentning transport va tranzit xabi sifatidagi imkoniyatlaridan keng foydalanish imkonini beradi.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026