Sport | 23:07 / 21.10.2024
4468
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Paxtakor» Iroqda durang qayd etib, 8-o‘rinda qoldi

OFK Elit Chempionlar ligasi 3-turi doirasida «Paxtakor» Iroqda «Ash-Shorta» mehmoni bo‘ldi.

Karbolo shahrida o‘tgan bahsda O‘zbekistonning amaldagi chempioni Iroq chempionati amaldagi g‘olibi bilan durang qayd etdi – 0:0.

Shu tariqa, Kamoliddin Tojiyev shogirdlari Erondagi bahsdan keyin Iroqda ham durang qayd etib, 2 ochko bilan umumiy turnir jadvalida hozircha 8-o‘rinda qoldi. Iroq chempioni esa 2 ochko va to‘plar nisbatiga ko‘ra, 9-o‘rinda bormoqda.

OFK Elit Chempionlar ligasi.

«Ash-Shorta» (Iroq) - «Paxtakor» - 0:0

Hakam: Ma Ning (Xitoy)

«Ash-Shorta»: Ahmad Basil, Munaf Yunus, Sajjad Jasim, Mahmud Mavas, Abdulmajid Bubakar, Ahmad Yahyo, Muhannad Ali, Faysal Jasim (Amin Saboh, 63), Muhammad Davud (Hussayn Saidi, 77), Fahad Yusuf, Salomon Banga.

«Paxtakor»: 12.Vladimir Nazarov, 7.Hojiakbar Alijonov, 3.Shahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullayev, 5.Muhammadqodir Hamraliyev (55.Muhammadrasul Abdumajidov, 46), 22.Umar Adhamzoda (33.Doniyor Abdumannopov, 80), 23.Abdurauf Bo‘riyev, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (9.Ibrohim Ibragimov, 90+2), 17.Doston Hamdamov (44.Mahmudjon Mahammadjonov, 46) , 30.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (99.Ulug‘bek Hoshimov, 80), 10.Dragan Cheran.

Mavzuga oid