Mahalliy tilga ko‘p e’tibor qaratadigan davlatlarda taraqqiyot yaxshilangan – MHTI
Ekonometrik tahlillar ona tilini mukammal bilish boshqa tillarni o‘zlashtirish ehtimoli va umumiy ta’lim darajasini oshirishini ko‘rsatgan. Shuningdek, ona tilida ta’lim olgan bolalarda savodxonlik bilan birga, o‘ziga bo‘lgan ishonch va madaniy g‘urur ham oshishi aniqlangan.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tadqiqotchilari aholi turmush farovonligi, iqtisodiy taraqqiyot va jamiyat ravnaqiga ta’sir qiladigan omillar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Unga ko‘ra, ona tilini puxta o‘rganish va unga asoslangan ta’lim (Mother tongue based) aholi savodxonligi va muvaffaqiyatli o‘qish, mehnat bozoriga kirish imkoniyatlarini oshiradi. Shuningdek, mahalliy tilga ko‘proq e’tibor qaratadigan mamlakatlarda ijtimoiy taraqqiyot, harakatchanlik va kapitalning yaxshilanishi aniqlangan, deyiladi tadqiqotda.
YuNeSKO tadqiqotiga ko‘ra, o‘rta muddatli istiqbolda ona tiliga asoslangan ta’lim dasturlarida ta’lim olgan bolalarda nafaqat savodxonlik ko‘nikmalari, balki o‘ziga bo‘lgan ishonch va madaniy g‘urur ham oshadi.
Tadqiqotdagi hisob-kitoblarda O‘zbekistonda 2021 yil uchun uy xo‘jaliklari budjetini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalaridan foydalanilgan. Ekonometrik tahlillar ona tilini mukammal bilish boshqa tillarni o‘zlashtirish ehtimoli va umumiy ta’lim darajasining oshirishini ko‘rsatgan va bu ish haqining (2-tilni bilgani uchun) oshishiga olib keladi.
Shuningdek, o‘rta yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan yoshlar orasida chet tillarini bilish ehtimolligi yuqori ekani aniqlangan. O‘zbekistonda har bir qo‘shimcha o‘qilgan ta’lim yili ish haqining 8,79 foizgacha o‘sishiga (dastlabki tadqiqotda Jizzax viloyatida 12,5 foizgacha) olib kelgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada tog‘larga chiqa oladigan robot-ot taqdim etildi
Fan-texnika | 18:24
-
Anadolu Isuzu SamAutoʼning nazorat paketini sotib olmoqchi
O‘zbekiston | 18:20
-
“Shu ketish bo‘lsa, soha o‘ladi” - avtomobil importchisi va avtodeklarant bilan suhbat
O‘zbekiston | 18:02
-
Namanganda o‘quvchi boshqargan avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
Jamiyat | 17:54
Mavzuga oid

15:33 / 12.04.2024
Maktablarda davomat pasayishi nima bilan bog‘liq? – MHTI tahlillarini e’lon qildi

21:52 / 30.01.2024
Milliy sertifikatga ega tarix fani o‘qituvchilariga ham ustama to‘lanadi

19:49 / 02.08.2023
Qimmatlashayotgan uy-joylar: Toshkentdagi “narx pufagi” yanada kengaygan bo‘lishi mumkin

18:51 / 01.06.2023