Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi
“Metan zapravka” elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida uning ulanish sxemasiga tashqi ta’sir ko‘rsatgan.
Jizzax viloyatida 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” fosh etilgan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Zarbdor tumanida joylashgan “R.G.M.” MChJga qarashli “metan zapravka”da elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida ulanish sxemasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 8 mlrd 677 mln so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026