Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi tashkil etilganiga 101 yil to‘ldi. Bu kun zamonaviy respublika tashkil qilinishi hamda turk xalqining milliy bayrami sifatida keng nishonlanadi. Kun.uz muxbiri Istanbulning diqqatga sazovor nuqtalaridan fotoreportaj tayyorladi.
Odatdagi kunlarda ham o‘z milliy bayrog‘ini qattiq hurmat qiluvchi va juda ko‘p joylarda ilib qo‘yadigan istanbulliklar bayram munosabati bilan yanada jonlangan.
Bayroqlar bilan birga 1923 yil 29 oktyabrdagi zamonaviy Turkiya davlatchiligining asoschisi hisoblanuvchi Mustafo Kamol Otaturk rasmlari ham ko‘p joylarda ilinganini ko‘rish mumkin.
Bu kun – Turkiyada dam olish kuni deb e’lon qilingan, mamlakat bo‘ylab harbiy paradlar, turli madaniy va ko‘ngilochar dasturlar o‘tkaziladi. Yirik shaharlarda jamoat transporti bepul bo‘ladi.
Turkiyaning yirik bayroqlarini odatda Bosfor bo‘g‘ozi bo‘ylab yirik binolarda deyarli barcha kemalarda ko‘rish mumkin.
Xizmat safari bilan Turkiyada bo‘lib qaytgan Kun.uz muxbiri Istanbuldagi bayram shukuhi haqida fotoreportaj tayyorladi.
Rasmlar muallifi Farrux Absattarov
Mavzuga oid
21:46 / 30.10.2024
Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
20:55 / 30.10.2024
Turkiyada 8 ming yilga qamalgan Adnan Oktarning mulki musodara qilindi
00:08 / 30.10.2024
Turkiya tashqi tahdidlarning oldini olish uchun yangi harbiy platformalar yaratadi
15:10 / 28.10.2024