Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari 1 mln dollar bilan ushlandi
«Zamhokim» shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berish evaziga 2 mln dollar talab qilgan. U kelishilgan puldan 1 mln AQSh dollarini haydovchisi orqali olgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan. Hokim o‘rinbosariga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Foto: DXX matbuot xizmati
Toshkent viloyati Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari 1 mln dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Hokim o‘rinbosari xizmat mavqeyidan foydalangan holda klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun 40 mln dollar miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 2 mln dollar talab qilgan.
U oldindan 1 mln dollarni o‘z haydovchisi orqali olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbirda ushlangan.
Juda ko‘p miqdorda pora olgan hokim o‘rinbosariga nisbatan JKning 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avvalroq Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olingani, may oyida tezkor tadbirda ushlangan Xovos tumani hokimi sobiq o‘rinbosari esa 7 yilga qamalgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18
-
7 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:12
-
Apple boj joriy qilinishidan oldin AQShga beshta samolyotda iPhone keltirdi
Jahon | 21:50
-
AQShda 14 yoshli o‘smir yurak kasalliklarini sanoqli soniyalarda aniqlashga qodir ilovani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 21:43
Mavzuga oid

12:36 / 26.03.2025
Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi

09:47 / 16.01.2025
Chirchiq shahridagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi

17:14 / 20.11.2024