Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
10 noyabr soat 00:00 dan Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi bo‘ylab 110 kilovattli yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabellarini o‘tkazish boshlanadi.
Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yaxshilash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi bo‘ylab 110 kilovattli yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish bo‘yicha keyingi ishlar uchun yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib boriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» matbuot xizmati xabar berdi.
Shu sababli 10 noyabr kuni kech soat 00:00 dan 11 noyabr kuni soat 22:00 ga qadar Bobur ko‘chasining Seul ko‘chasi bilan kesishmasidan Bahodir ko‘chasigacha bo‘lgan qismida bir tomondan avtomobillar harakati cheklanadi.
«Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sentabr o‘rtalarida Shota Rustaveli ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlari o‘tkazilishi sabab Bobur ko‘chasi qariyb 1 oyga yopilgandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

23:25 / 06.01.2025
Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha energiya tarmoqlari himoyasiga 600 mln dollar sarmoya kiritadi

21:48 / 26.11.2024
KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradagi elektr uzatish tarmoqlarini demontaj qilmoqda

21:15 / 08.10.2024
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi elektr tarmog‘i quriladi

15:33 / 18.02.2024