Belarus rasman BRIKS bo‘yicha sherik davlat maqomini oldi
BRIKS bo‘yicha sherik davlat maqomi - mamlakatga sammitlarning maxsus sessiyalari va BRIKS tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishlarida doimiy ishtirok etish huquqini kafolatlaydi.

Foto: mfa.gov.by
Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijyenkov Rossiya elchisi Boris Grizlovga mamlakatning BRIKSni to‘laqonli sherigi bo‘lishga tayyorligi to‘g‘risidagi nomani topshirdi. Nomani topshirish marosimi Belarus tashkilotning sheriklik maqomini rasman olganini bildiradi, deydi respublika TIV matbuot xizmati.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga yo‘llangan noma Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko tomonidan 5 noyabr kuni imzolangan. Shu orqali respublika o‘zining zarur standartlar va tamoyillarga muvofiqligini tasdiqlagan hamda BRIKS bo‘yicha hamkor davlatlarning ko‘rsatmalariga amal qilishga tayyorligini bildirgan.
BRIKS bo‘yicha sherik davlat maqomi — mamlakatga sammitlarning maxsus sessiyalari va BRIKS tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishlarida doimiy ishtirok etish huquqini kafolatlaydi. Shuningdek, sheriklar vazirlar darajasida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarga, jumladan, savdo masalalari, milliy xavfsizlik vakillarining uchrashuvlari va parlament a’zolari forumlariga ham taklif qilinishi mumkin.
Oktyabr oxirida Qozonda o‘tkazilgan BRIKS sammitida Lukashenko mamlakat tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u tashkilot hozircha yangi a’zolari qabul qilmayotganidan afsusda ekanini bildirgan.
BRIKS — iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodchi Jim Onil jahon iqtisodini o‘rganish jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli o‘sishga e’tibor berib, shartli ravishda BRIKS deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qo‘shildi, bugun tashkilotda to‘qqizta davlat bor.
2023 yil 23 avgust kuni JAR prezidenti Siril Ramaposa Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlashgan Arab Amirliklariga to‘laqonli a’zo sifatida tashkilotga qo‘shilish taklifi bildirilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Argentina BRIKSga qo‘shilishdan bosh tortgan.
Joriy yilda esa Myanma BRIKSga qo‘shilish niyatida ekanini ma’lum qilgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni BRIKSga a’zolik taklifini rad etgan edi.
Mavzuga oid

15:15 / 16.02.2025
AQSh Lukashenko bilan siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha «katta bitim» tayyorlamoqda

02:27 / 13.02.2025
Belarus uch nafar mahbusni ozod etdi. Ular orasida AQSh fuqarosi ham bor

13:29 / 28.01.2025
Belarusdagi saylovlar: Britaniya sanksiyalarni kengaytirdi

22:07 / 27.01.2025