Akademik Temurjon Nosirov 83 yoshida vafot etdi
Temurjon Nosirovning sanoat korxonalarida energiya sarfini o‘rganish va tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan bog‘liq bir qator ilmiy ishlanmalari iqtisodiyot tarmoqlariga muvaffaqiyatli joriy etilgan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, texnika fanlari doktori, professor Temurjon Nosirov 12 noyabr kuni 83 yoshida vafot etdi.
Temurjon Nosirov 1941 yil 25 iyulda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tug‘ilgan. 1963 yilda Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)ni muhandis-elektrik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini ushbu oliygohda assistent sifatida boshladi. Keyinchalik institut aspiranturasida tahsil olib, dastlab nomzodlik, so‘ngra doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2000 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi etib saylangan.
U o‘zining 60 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toshkent davlat texnika universitetining katta o‘qituvchisi, dotsenti, kafedra mudiri, «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati huzuridagi Energetika markazi direktori, Fanlar akademiyasining Energetika muammolari institutida bosh ilmiy xodim kabi mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat ko‘rsatib, el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilgan.
Taniqli olimning elektr energiyasi tizimlarining normal va avariya holatidagi rejimlarining kompleks tahlil usullarini yaratish va umumlashtirish borasidagi ilmiy tadqiqot ishlari mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etilgan.
Temurjon Nosirovning elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash rejimlarini samarali boshqarish uchun integrallashgan modellarni yaratish, sanoat korxonalarida energiya sarfini o‘rganish va tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan bog‘liq bir qator ilmiy ishlanmalari iqtisodiyot tarmoqlariga muvaffaqiyatli joriy etilgan.
Olimning 300 dan ortiq ilmiy maqolalari, 6 ta monografiyasida O‘zbekistonning zamonaviy energetika tizimidagi islohot va modernizatsiya jarayonlari, sohani rivojlantirish istiqbollari atroflicha tahlil etib berilgan. Uning rahbarligida 5 nafar fan doktori va 10 nafardan ortiq fan nomzodi tayyorlangan.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

17:29 / 28.02.2025
Amir Temur haqida risola yozib Sovet tuzumi tazyiqi ostida qolgan o‘zbek olimi – Ibrohim Mo‘minov

13:57 / 13.07.2023
“Qachonki erkinlik bo‘lsa, o‘shanda olimlar davlatga yordam beroladi” - Amerikadagi o‘zbek professori

07:35 / 24.12.2021
Taniqli fizik olim, akademik Temurbek Usmonov vafot etdi

11:03 / 17.02.2018