Toshkent metrosida hojatxona quriladigan 9 ta bekat nomi ma’lum bo‘ldi
Poytaxt metropoliteniga ko‘ra, hozirgi vaqtda 4 ta - «Buyuk ipak yo‘li», «Amir Temur xiyoboni», «Paxtakor» va «Beruniy» metro bekatlarida hojatxonalar qurilishining 1-bosqichi boshlangan.

Foto: Kun.uz
Toshkent metrosining «Chilonzor» bekatida qurilgan ona-bola xonasi va hojatxona tarjiba-sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan boshqa 9 ta bekatda ham shunday maxsus xonalar qurilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Metropoliten matbuot xizmati Kun.uz'ga hojatxonalar quriladigan bekatlar nomini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hojatxona qurish uchun yer ostida joylashgan quyidagi 9 ta bekat tanlab olingan:
- «Buyuk ipak yo‘li» bekati;
- «Amir Temur xiyoboni» bekati;
- «Mustaqillik maydoni» bekati;
- «Paxtakor» bekati;
- «Olmazor» bekati;
- «Beruniy» bekati;
- «Chorsu» bekati;
- «Do‘stlik» bekati;
- «Bodomzor» bekati.
Shuningdek, hozirgi vaqtda 4 ta metro bekatda («Buyuk ipak yo‘li», «Amir Temur xiyoboni», «Paxtakor» va «Beruniy») qurilishi rejalangan hojatxonalarning loyiha hujjatlari yakuniy bosqichda bo‘lib, qurilishning 1-bosqichi boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 23 fevralda «Chilonzor» metro bekatida ona-bola xonasi va hojatxona ishga tushirilgan edi. O‘shanda Toshkent metropoliteni ona-bola xonasi hamda hojatxona sinov tariqasida qurilgani, natija kutilganidek bo‘lsa, yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan yana 14 ta metro bekatida ham barpo etilishini ma’lum qilgandi.
Joriy yil noyabr oyi boshlarida «Paxtakor» bekatida noma’lum erkakning hojatini chiqarib ketgani aks etgan videolar tarqalib, jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi. Bir guruh faollar 47 yil avval ochilgan metropoliten bekatlarida hanuzgacha nima sabab hojatxonalar ishga tushirilmaganini tanqid ostiga olgandi.
Holat yuzasidan «Toshkent metropoliteni» rasmiy munosabat ham bildirgandi. Unga ko‘ra, shu yil 27 sentabrda bo‘lgan bu voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv olib borishgan. Fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, belgilangan tartibda unga nisbatan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilayotgani ta’kidlangan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Mavzuga oid

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

09:40 / 17.04.2025