O‘zbekiston | 17:30 / 29.11.2024
1128
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Markaziy Osiyoda birinchi “QS impACT council” kengashi O‘zbekistonda tashkil etildi

Markaziy Osiyoda birinchi QS impACT Kengashi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti negizida ochildi.

Foto: QS impACT council

QS ImpACT Kengashining ekspertlar kengashi Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini har tomonlama tahlil qilib, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetini mintaqada “QS ImpACT council” kengashini tuzishga munosib nomzod deb topdi. Ushbu qaror universitetning yuqori xalqaro reytinglari, yuksak akademik obro‘si va muhim ilmiy yutuqlariga asoslandi.

QS impACT taklifi asosida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Markaziy Osiyodagi birinchi “QS impACT council” kengashi tashkil etildi va QS impACT maxsus ekspert kengashi Markaziy Osiyodagi “QS impACT council” kengashi prezidentiga ko‘rsatilgan nomzodlar ichida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti xodimi PhD E’zozbek Ozodov nomzodini munosib deb ko‘rishdi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan QS impACT kengashi orqali universitet talabalari xalqaro miqyosidagi “QS impACT awards” nufuzli mukofoti hamda “QS impACT scholarship” stipendiyalarida ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari Dunyoning TOP 1000 universitetlarida qo‘shimcha ta’lim olish, mobillik dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, QS impACT bu QS(Quacquarelli Symonds) nufuzli reyting tashkilotining tashabbuskor loyihasi hisoblanib, unda barqaror rivojlanish maqsadlari (sustainable development goals)ni yanada ommalashtirishga qaratilgan xalqaro darajadagi loyihalardan biri hisoblanadi.

Endilikda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan ushbu kengash QS impACT Markaziy Osiyo nomidan ishtirok etadi.

Reklama huquqi asosida