TestBor.uz platformasi bilan matematikani bepul va oson o‘rganish imkoniyati
Turin politexnika universiteti qoshida ishga tushirilgan yangi TestBor.uz onlayn platformasi orqali endi matematikani oson va qulay o‘rganish mumkin. Bu nafaqat bepul, balki daromad topish ham mumkin bo‘lgan loyiha hisoblanadi.
Bolaga o‘z hayotida duch keladigan muammolar ustida bosh qotirishi va to‘g‘ri yechim topishni singdirish uchun unga matematikani o‘rgatish kerak. Ammo hamma bolalar ham matematikaga qiziqavermaydi. Turin politexnika universiteti jamoasi bu fikrni o‘zgartirish maqsadida matematika fanini o‘rganishni yanada qiziqarli va interaktiv qiluvchi TestBor.uz nomli onlayn platforma yaratdi. Ushbu innovatsion servis, maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilar uchun matematika darslarini interaktiv usulda o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga o‘z bilimlarini mustahkamlash va qo‘llash imkonini beradi.
Platforma qanday ishlaydi?
TestBor.uz bolaning yoshi, qiziqishlari, intellektiga qarab matematik savollar, misollar, masalalar beradi. Agar bolaning javoblarida xatoliklar mavjud bo‘lsa tushuntirishlar beriladi. Bu bolada o‘zini yomon his qilish, boshqalar oldida mulzam bo‘lish hissini yo‘qotadi va unga o‘zini namoyon qilishda imkon yaratadi. Savollar bolaning intellektiga qarab murakkablashib boradi. Platforma telefon, planshet, kompyuterda ishlash mumkin.
Misol yechib pul olish – bola qanday qiziqtiriladi?
Platforma qobiliyatli bolalarning salohiyatini oshirish bilan birga, matematikaga qiziqishi bo‘lmagan bolalardagi iqtidorni yuzaga chiqarishga ham alohida e’tibor qaratadi.
Bugungi kun bolalarini matematikaga qiziqtirish va bu qiziqishni rivojlantirib borish oson emas. Shuning uchun loyiha asoschilari platformaga o‘yin kayfiyatini, motivatsiya elementlarini, interaktiv usullarni kiritishgan. Masalan, bolaning matematik iqtidori tahlillari ma’lum nuqtaga yetganda platforma uni rag‘batlantira boshlaydi. Ya’ni to‘g‘ri javoblar uchun platforma pul birligi – Tcoin to‘lab boriladi. To‘plangan Tcoin’lar miqdoriga ko‘ra foydalanuvchi platforma do‘konidan turli xaridlar amalga oshirishi mumkin. Bu xaridlar smartfonlar, o‘quv qurollari bo‘lishi mumkin. Bola o‘z iqtidorini namoyish etishi, uni oshirishi va nimagadir erisha olishi – uni yanada rivojlanishga undaydi. Istalgan joyda va istalgan vaqtda foydalanish bolaga qulaylik yaratadi.
E’tiborli jihati, ota-ona ham bu jarayonda bevosita ishtirok etishi va farzandining natijalarini nazorat qilishi mumkin.
Chellenjlar – bola uchun qulay imkoniyat
Platformada vaqti vaqti bilan musobaqaviy chellenjlar o‘tkaziladi. Musobaqa vaqti oldindan ma’lum qilinadi va o‘sha belgilangan muddatda berilgan topshiriqlarni to‘g‘ri bajargan foydalanuvchi pul mukofotiga ega bo‘ladi. Ma’lumot uchun:TestBor.uz’ning intellektual musobaqalariga shu haftadan start beriladi. Buning uchun har kuni soat 19:15 da platformada bajarilgan topshiriqlar har daqiqasi uchun bola 3300 so‘mdan rag‘bat oladi.
Foydalanuvchiga maktab dasturi asosida yoshiga mos topshiriqlar beriladi. Agar bola topshiriqni bajara olmasa, sun’iy intellekt unga yordamga keladi. Bu jarayonda matematika murakkab fan emas, balki qiziqarli, oson o‘yin, izlanishga undaydigan eyforiyaga aylanadi.
Misol uchun, shu kunlarda platformada 2-11 sinflar uchun matematika olimpiadasiga (sovrinli olimpiada) start berildi.
Bunda har bir sinf o‘quvchisi o‘z tengdoshi bilan musobaqada ishtirok etib bellashishadi. Har oyda o‘tkaziladigan bellashuvda butun respublika o‘quvchilari ro‘yxatdan o‘tib qatnashishlari mumkin. Bu respublikaning chekka hududlaridagi o‘quvchilar uchun ham o‘z qobiliyatini ko‘rsatish uchun imkon bo‘ladi. Musobaqalarda har bir sinf yo‘nalishida 1-,2-,3-o‘rinlar uchun sovrinlar mavjud.
Ayni paytda TestBor.uz yangi chellenj e’lon qildi:
Har kuni soat 19:15 da 15 daqiqalik onlayn matematika chellenjida ishtirok etib 50.000 so‘mgacha mukofot olish imkoniyati;
Testbor a’lochisi bo‘lib, har oyda 1,5 mln so‘mgacha mukokofotga ega bo‘lish;
Onlayn matematika Olimpiadasida 1 mln so‘mgacha yutib olish mumkin.
Platformada Milliy sertifikat olish uchun samarali tayyorgarlik olib boriladi.
Platforma 3ta: o‘zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat olib boradi.
Sun’iy intellekt yordamida
Mualliflar platformada sun’iy intellektdan o‘rinli foydalanishni isbotladi. Xo‘sh, buni qanday bilish mumkin?
- AI yordamida bolaning intellekt darajasi aniqlanadi. Shunga ko‘ra bolaga topshiriqlar taqdim etiladi. Agar o‘quvchi 16 yosh bo‘lib, bilim darajasi kutilganidan past bo‘lganda unga bilim darajasidagi topshiriqlar beriladi va o‘zini rivojlantirishi uchun imkoniyat yaratiladi. Bu rivojlanish sun’iy intellekt tomonidan nazorat qilib boriladi.
- Topshiriqlarni bajarish, tekshirish, noto‘g‘ri javoblarni tahlil qilish va tushuntirish AI orqali amalga oshiriladi.
- Bolaga tashqi ta’sirlar, ya’ni boshqalar tomonidan yordam berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda AI nazorati ishga tushadi.
Platforma mualliflari haqida
TestBor.uz Toshkentdagi Turin politexnika universiteti jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tizim rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asosan amalga oshirilgan. Bundan maqsad intellektual salohiyati yuqori jamiyat yaratilishiga hissa qo‘shish. Jamoada tajribali o‘qituvchilar, dasturchilar birgalikda ish olib boradi.
Natija qanday bo‘ladi?
TestBor.uz loyihasi o‘zining muvaffaqiyatli foydalanuvchilarini e’tiborsiz qoldirmaydi. Dasturda o‘z qobiliyatini namoyon eta olgan o‘quvchilar Turin politexnika universitetiga qabul qilinadi.
“Platformadan foydalanish maktab o‘quvchilari uchun mutlaqo bepul. Loyihani kengaytirish va ko‘proq auditoriyaga yetib borishi uchun biz o‘quv markazlari yoki shunga o‘xshash guruhli foydalanuvchilar uchun kam miqdorda bo‘lsa-da pulli xizmatni ham yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Markazlar uchun tajribali mutaxassislar ishtirokida o‘quvchilarga bilim berish imkoniyati, sun’iy intellekt yordamida kuchaytirilgan ta’lim tajribasini taqdim etamiz” deydi jamoa a’zosi, Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev.
To‘plangan ma’lumotlar va amaliy mashg‘ulotlar bilan, TestBor.uz platformasi o‘quvchilarga matematika fanini samarali va qiziqarli tarzda o‘rganish imkonini beradi. Bu loyiha kelajakda ilm-fan va ta’limning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Web sahifa: https://testbor.uz/
Telegram kanal: https://t.me/testbor
Telegram bot: @testboruz_bot
Instagram: https://www.instagram.com/testboruz
Reklama huquqi asosida