O‘zbekiston | 10:24
6252
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Odilov hamda Buxoro davlat pedagogika instituti birinchi prorektori Hafiza Ortiqova viloyat hokimining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Ular Mirali Hamroyev va Feruza Ibragimovaning o‘rnini egalladi.

Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Mirali Hamroyev va Feruza Ibragimova o‘z lavozimlaridan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi . 

2020 yildan beri Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Mirali Muhammadjonovich Hamroyev o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.

Uning o‘rniga Baxtiyor Alisherovich Odilov tayinlandi. 

Baxtiyor Odilov

Baxtiyor Odilov 1986 yil 22 iyunda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — iqtisodchi. Ta yinlovga qadar Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kel ayotgan edi. 

Shuningdek, Feruza Ibragimova boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bi  lan Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.

Uning o‘rniga Hafiza Ortiqova tayinlandi.   

Hafiza Ortiqova

Hafiza Ortiqova 1976 yil 24 dekabrda Buxoro tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Biologiya fanlari doktori, professor. Ayni paytga qadar u Buxoro davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq, prezident yig‘ilishidan keyin, Buxoro viloyatidagi uchta tuman va bir shahar hokimlari ham o‘zgargan edi.

Mavzuga oid