O‘zbekiston | 18:49 / 03.12.2024
1323
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda temiryo‘l transportidagi innovatsiyalar bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazildi

28-29 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan “Taraqqiyot magistrallari: temiryo‘l transportidagi innovatsiyalar” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada temiryo‘l texnikasining kelajagi muhokama qilindi. Konferensiya Transmashxolding Korporativ universiteti (Rossiya) va Toshkent davlat transport universiteti (O‘zbekiston) tomonidan tashkil etildi. Unda O‘zbekiston, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Fransiya, Chexiya va Rossiyaning oliy o‘quv yurtlari va yirik mashinasozlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ta’kidlaganidek, “O‘zbekiston so‘nggi o‘n yilliklarda, xususan temiryo‘l transporti sohasida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. TMX bilan birgalikda metro vagonlari va elektropoyezdlarni yetkazib berish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Bugungi kabi konferensiyalar tajriba almashish, o‘qitish, talabalarni stajirovkadan o‘tkazish va oldingi bir necha yilga mo‘ljallangan vazifalarni muhokama qilish uchun juda muhim”.

Konferensiyaning asosiy maqsadi – harakatlanuvchi tarkibni ishlab chiqarish, ta’mirlanishi va modernizatsiyasi bilan bog‘liq dolzarb muammolarni tahlil qilish va temiryo‘l sohasi uchun ilg‘or yechimlar izlash.

“Temiryo‘l transporti yirik shaharlar o‘rtasida harakat qilish, yuk tashish, tezlik va tegishli tarmoqlarni rivojlantirish nuqtai nazaridan ulkan salohiyatga ega. TMX – O‘zbekiston uchun muhandislik kadrlari, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion texnika va shahar transporti bo‘yicha yirik sanoat hamkordir. Shu sababli muhokama qilish va o‘ylab ko‘rish uchun bizda muhim masalalar bor”, – dedi TMXning korporativ rivojlanish va loyiha faoliyati bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari, Boshqaruv hay’ati a’zosi Nataliya Shishlakova.

Konferensiya ishtirokchilari o‘rtasida muhokama qilingan muhim mavzulardan biri transport mashinasozligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalasi bo‘ldi. Konferensiya dasturida yuqori tezlikdagi magistrallar, transport sohasini transformatsiya qilish, tashishlarni boshqarish, mehnat xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlangan yetti seksiya bo‘ldi. Hamkorlikdagi ish natijasida 20 dan ortiq ilmiy maqola va mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha beshta yangi dastur yaratiladi.

“TMX mashinasozlik sohasida eng yirik ishlab chiqaruvchi sifatida harakatlanuvchi tarkibning kuchli tuzilmasi bo‘yicha tamoman yangi muhandislik yo‘nalishini rivojlantirmoqda. Biz jiddiy ravishda ayta olamizki, kelajak poyezdlari metalldan emas, balki kompozit materiallardan yasaladi. Biz Toshkent universiteti talabalari ushbu yo‘nalishni rivojlantirishda ishtirok eta oladi deb hisoblaymiz”, – dedi TMXning Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori Denis Karasyov.

O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘l sohasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. TMX Korporativ universiteti Toshkent davlat transport universiteti va Turin politexnika universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar doirasida ta’lim olish, amaliyot va guruh korxonalarida ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘l ma’muriyatlari mavjud loyihalar salohiyatini birgalikda amalga oshirmoqda hamda istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirmoqda. O‘zbekistonda TMX korxonalari ishlab chiqargan yuk elektrovozlari, magistral va manevr teplovozlari, metro vagonlari uzoq yillardan beri ishlatib kelinmoqda. O‘zbekiston va Rossiyaning temiryo‘l sohasidagi qo‘shma loyihalarini amalga oshirish milliy iqtisodiyot o‘sishini ta’minlovchi muhim omil ekanligini tushunish kerak. Harakatlanuvchi tarkib va infratuzilmani modernizatsiya qilish nafaqat respublika va qo‘shni davlatlar o‘rtasida transport aloqalarini yaxshilaydi, balki O‘zbekistonning Markaziy Osiyoning asosiy tranzit xabi sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi.