Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulug‘bek Rashitov jahonning 2024 yildagi eng yaxshi taekvondochisi bo‘ldi
4 dekabr kuni Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) 2024 yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun sportchilar va murabbiylar o‘rtasidagi ovoz berish yakunlarini e’lon qildi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, yilning eng yaxshi erkak sportchisi nominatsiyasida O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi, ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ulug‘bek Rashitov g‘olib bo‘ldi.
Taqdirlash marosimi Hongkongda davom etayotgan pumse bo‘yicha jahon chempionati doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda chempionimiz Ulug‘bek Rashitov ham ishtirok etib, Butunjahon taekvondo federatsiyasi bosh kotibi Seo Jyeongkangdan o‘z sovrinini qabul qilib oldi.
Qayd etish joiz, o‘zbek taekvondochisi ilk bor jahonda tengsiz deb topildi. Bunga qadar yuqori natijalarga erishgan sportchilarimiz dunyo miqyosida e’tirof etilmagan edi.
Taekvondo bo‘yicha jahonning 2024 yildagi laureatlari:
«Yilning eng yaxshi erkak sportchisi» — Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston)
«Yilning eng yaxshi ayol sportchisi» — Viviana Marton (Vengriya)
«Yilning eng yaxshi ayol para sportchisi» — Leonor Angelika Espinoza (Peru)
«Yilning eng yaxshi erkak para sportchisi» — Imomiddin Xalilov (Ozarboyjon)
«Yilning eng yaxshi zarbasi sohibi» — Park Teejun (Koreya Respublikasi)
«Yilning eng yaxshi murabbiyi» — Yesbol Sultanov (Tunis)
«Yilning eng yaxshi para murabbiyi» — Endryu Dir (Buyuk Britaniya)
«Yilning eng yaxshi Olimpiya hakami» — Muhamadali Elsayed (Misr)
«Yilning eng yaxshi Paralimpiya hakami» — Paula Ramires Ruis (Ispaniya).
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
Mavzuga oid

15:02 / 30.06.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov taekvondo bo‘yicha «9-dan» faxriy unvonini oldi

18:03 / 09.09.2024
“Parij olimpiadasi men uchun qiyin kechdi” – Ulug‘bek Rashitov

18:45 / 30.08.2024
Diyora Keldiyorova muddatidan oldin katta leytenant bo‘ldi, Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovaga ham ilk ofitserlik unvonlari berildi

20:26 / 09.08.2024