Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjistonda ommaviy tadbirlarga niqob taqib borish taqiqlanadi
Irakliy Kobaxidzening aytishicha, mamlakat parlamenti dekabr oxiriga qadar shu turdagi qonunni qabul qiladi. Bunga o‘tgan kecha niqobdagi shaxslar Tbilisidagi jurnalistlarga hujumi sabab bo‘lmoqda.
Gurjiston bosh vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakat parlamenti dekabr oxiriga qadar ommaviy tadbirlarga niqobda tashrif buyurishni taqiqlaydigan qonun qabul qilishini ma’lum qildi.
«Bunday hujum faktlari faqat mamlakatdagi vaziyatni sun’iy ravishda keskinlashtirishga urinayotgan radikallarga ma’qul keladi. Bugun hamma niqobda yuribdi, shu bois politsiya kim norozilik namoyishi ishtirokchisi ekanini aniqlashga qiynalmoqda», — deydi Kobaxidze.
Uning ta’kidlashicha, bunday qarorning qabul qilinishiga o‘tgan kecha niqobdagi shaxslarning Tbilisidagi norozilik aksiyasini yoritayotgan jurnalistlarga hujumi sabab bo‘lgan.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, shu munosabat bilan parlament yig‘inlarga yuzni turli vositalar bilan yopib tashrif buyurishni taqiqlovchi qonunni qabul qiladi.
«Ushbu qonun zo‘ravonlikning oldini olishga yordam beradi. Bunday qonunlar Yevropa Ittifoqining ko‘plab davlatlarida amalda», — deydi Kobaxidze.
Gurjistonda 7 dekabr kuni kechqurun yuzlariga niqob taqib olgan taxminan 30 kishi «Pirveli» muxolifat telekanalining jurnalisti va operatorini kaltakladi. Jabrlangan jurnalist Maka Chixladzening aytishicha, uning operatori tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
14:42 / 04.07.2026
Yevropa sari navbatdagi bekat. Shavkat Mirziyoyev – Gurjistonda
13:49 / 04.07.2026
23 yillik tarixiy tashrif. Gurjiston bilan aloqalarning yaxshilanishi nega muhim?
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
14:55 / 03.07.2026