Suriyada 4 qavatli yerosti «o‘lim qamog‘i»dan mahbuslarni ozod qilish boshlandi
Yerosti kameralarida 10 mingdan ortiq odam borligi taxmin qilinmoqda. Ular 30 metrgacha chuqurlikda bo‘lgan kameralar labirintida, og‘ir eshiklar ortida qulflangan holda saqlanayotgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Syria Civil Defence
Suriyada minglab odamlarni «o‘lim lageri» va «odam qassobxonasi» nomlari bilan tanilgan Saydnaya qamoqxonasidagi yerosti kameralaridan qutqarish jarayoni boshlandi.
The Telegraph nashrining yozishicha, isyonchilar Saydnaya hududiga 8 dekabr kuni kirib borgan. Ular azoblangan va hayratda qolgan yuzlab mahbuslarni ozod qilish uchun kameralardagi temir eshiklarni buzishni boshlagan.
Qayd etilishicha, hozir qutqaruv ishlari davom etmoqda, yerosti kameralarida 10 mingdan ortiq odam borligi taxmin qilinmoqda. «Ular 30 metrgacha chuqurlikda bo‘lgan kameralar labirintida, og‘ir eshiklar ortida qulflangan holda saqlanmoqda», deb yozdi nashr.
OAV xabarlariga ko‘ra, ko‘plab mahbuslar qamoqxonada elektr, oziq-ovqat, suv va havodan mahrum qilingan. Ushbu kameralarga erkin kirish imkoni yo‘q - eshiklar maxsus kodlarni talab qiladigan elektron qulflar bilan yopilgan. Shuning uchun, yerosti kameralardagi odamlarni qutqarish uchun beton pol va devorlarni buzishga to‘g‘ri kelmoqda. Hozircha qutqaruvchilar yerosti to‘rtta qavatidan ikkitasiga yetib borgan.
Ochiq manbalarga ko‘ra, Saydnaya - Damashq yaqinidagi harbiy qamoqxona. Unda minglab asirlar, tinch aholi va isyonchilar saqlangan. Turkiyaning Association of Detainees and The Missing in Sednaya Prison uyushmasi hisobotiga ko‘ra, mamlakatda 2011 yilda fuqarolar urushi boshlanganidan keyin qamoqxona «o‘lim lageriga» aylangan. Xususan, tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilgacha u yerda 30 mingga yaqin odam qatl, qiynoqlar, ochlik yoki tibbiy yordam yetishmasligi oqibatida halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:39
-
AQSh Oliy sudi 350 000 venesuelalikning deportatsiya qilinishini ma’qulladi
Jahon | 10:24
-
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
O‘zbekiston | 10:12
-
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
O‘zbekiston | 09:55
Mavzuga oid

11:34 / 17.05.2025
Suriya banknotlarini Rossiyada bosib chiqarishni to‘xtatmoqchi

18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi

16:27 / 15.05.2025
AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqda. Bu nima uchun muhim?

23:45 / 13.05.2025