Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda olib qochilgan Nexia-3 Qo‘qondan topildi
Mashina o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruhga tegishli manzildan boshqa transport vositalarining ham davlat raqam belgilari aniqlangan. Shu kabi holatlardan jabr ko‘rgan fuqarolardan poytaxt IIBBga murojaat qilish so‘ralmoqda.
Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi idora matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ichki ishlar idorasiga fuqaro murojaat qilib, Nexia-3 rusumli transport vositasini Yakkasaroy tumani Hushtepa ko‘chasi 6-uy oldida qoldirgani, ammo olib ketgani kelganda mashinasi joyida yo‘qligini aytib, transport vositasini topishda amaliy yordam so‘ragan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu avtomashinani talon-toroj qilish maqsadida Suhrob ismli shaxs o‘ziga tanish bo‘lgan Ilhom va boshqalar o‘zaro til biriktirib, o‘g‘irlab ketgani aniqlangan. Transport vositasi esa Qo‘qon shahriga olib borilib, xonadonlarning biriga yashirib qo‘yilgani ayon bo‘lgan.
Bundan tashqari, jinoiy guruh a’zolarining Bektemir tumanidagi vaqtincha yashash manzili xolislar bilan ko‘zdan kechirilganda, boshqa transport vositalariga tegishli turli xildagi davlat raqam belgilari ham topilgan va ular daliliy ashyo sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-modda (transport vositasini olib qochish) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi ochilgan. Gumonlanuvchilarning barchasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
«Hurmatli yurtdoshlar, agar siz ham mazkur shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBB yoki 97 751 77 72 raqami orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026