Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi
O‘zbekiston bo‘yicha 20-22 dekabr kunlariga ob-havo prognozi berildi.
Foto: Kun.uz
Bugun kunduzi Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Havo harorati 0...+5 daraja, janubda +8 darajagacha bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Harorat 21–22 dekabrda kechalari –5...–10 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari –2...+3 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent shahrida: bugun vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘adi, tuman tushadi. Harorat 0...+2 daraja bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari –5...–7 daraja, kunduz kunlari 0...+3 daraja bo‘ladi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Mavzuga oid
12:12
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
14:58 / 22.12.2025
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
19:05 / 21.12.2025