Ar-Riyod Germaniya hukumatini terakt xavfidan bir necha bor ogohlantirgani ma’lum bo‘ldi
Der Spiegel Saudiya Arabistoni hukumati Magdeburgda insonlar ustiga mashina haydaganlikda gumonlanayotgan shaxs haqida Germaniyani bir necha bor ogohlantirgani haqida yozdi.
Saudiya Arabistoni hukumati Magdeburgdagi rojdestvo yarmarkasiga tashrif buyurgan insonlar ustiga mashina haydaganlikda gumonlanayotgan shaxs haqida Germaniyani bir necha bor ogohlantirgan, deb yozadi Der Spiegel.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ar-Riyod Germaniya xavfsizlik organlariga bu turdagi xabarnomalardan uch marotaba yuborgan.
Bild’ning politsiyaga aloqador manbalariga tayanib yozishicha, huquq-tartibot organlari mashinani insonlar ustiga haydagan Taleb A.ning qonidan giyohvandlik vositalarini topgan. Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, qon tahlilida o‘tkazilgan birinchi test haydovchida yetti turdagi giyohvand modda borligini ko‘rsatgan. Gumonlanuvchi aynan qanaqa narkotik moddalar ta’sirida bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
20 dekabr kuni Magdeburgdagi rojdestvo bozoriga tashrif buyuruvchilar ustiga katta tezlikda mashina haydalishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq inson jarohat oldi. Welt gazetasining yozishicha, hujum qilgan shaxs 1974 yilda tug‘ilgan erkakdir. U — Saudiya Arabistonidan 2006 yilda Germaniyaga kelgan shifokor.
Der Spiegel 50 yoshli gumonlanuvchi Taleb A. psixiatr va psixoterapevt ekanini aniqlagan. Frankfurter Rundschau gazetasi u haqida 2019 yilning mart oyida shunday yozgan: «Tolib al-Abdulmohsen 2006 yildan beri Germaniyada yashaydi. U Germaniyaga psixoterapevt sifatida malaka oshirish uchun tashrif buyuruvchi shifokor bo‘lib kelgan va keyin bu yerdan boshpana so‘ragan. 44 yoshli erkak siyosiy qochqin maqomiga ega».
Mavzuga oid
08:03 / 21.12.2024
Germaniyada mashina rojdestvo bozoridagi kishilar ustiga haydaldi
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024
IUCN’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi
08:10 / 12.11.2024