Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
Loyiha mualliflarining qayd etishicha, ayni vaqtda metroning uchta tarmog‘i ochilgan, yanvarda yana bittasi, keyinroq esa ikkitasi ishga tushiriladi. Yakunda jami metro yo‘lining uzunligi 176 kilometrga yetadi.

Foto: Hufton+Crow
Arabiston yarimorolidagi eng yirik davlat — Saudiya Arabistoni o‘zining ajoyib me’moriy loyihalari bilan butun dunyoga mashhur. Ammo Saudiya Arabistoni nafaqat chiroyli binolar haqida, balki ularni bog‘lab turuvchi transport tarmoqlari haqida ham qayg‘uradi. Shu bois 2024 yil 1 dekabrdan Ar-Riyod metropoliteni o‘z ishini boshladi — u mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metro hisoblanadi.
«Poyezdlarning mashinisti yo‘q, ularning harakati tezlikni, ravonlik va xavfsizlikni nazorat qiluvchi zamonaviy tizim bilan himoyalangan, eshiklar avtomatik ochib-yopiladi. To‘liq konditsionerlar bilan jihozlangan stansiyalardagi platformalar yo‘lovchilarning poyezd yo‘liga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan zamonaviy to‘siqlarga ega. Shuningdek, metropoliten stansiyalari va vagonlari ovoz kuchaytirgich hamda ma’lumotlar ekrani kabi ilg‘or tizim bilan jihozlangan», — deyiladi xabarda.
Loyiha mualliflarining qayd etishicha, ayni vaqtda metroning uchta tarmog‘i ochilgan, yanvarda yana bittasi, keyinroq esa ikkitasi ishga tushiriladi. Yakunda jami metro yo‘lining uzunligi 176 kilometrga yetadi, marshrut esa eng muhim tumanlar, biznes-markazlar va diqqatga sazovar maskanlarni birlashtiradi. Shu bilan birga, tizim har kuni 3,6 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Umumiy hisobda shahar 85 ta metro stansiyasiga ega bo‘ladi. Ularning eng ko‘zga tashlanadigani Zaha Hadid arxitektura byurosi loyihasi asosida qurilgan King Abdullah Financial District’dir. Bino konstruksiyasi o‘ziga xos rejalashtirish va yoz jaziramasida haroratni kamaytirishga xizmat qiladigan egilgan panjarasimon shakl bilan farqlanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni metropolitenida avvalroq Budapesht, Sidney va Taybeyda sinovdan o‘tgan 69 ta Alstom Metropolis va 47 ta Innovia Metro poyezdlari harakatlanadi. Ularning barchasi to‘liq elektrlashtirilgan va ergonomir o‘rindiqlarga, yorug‘lik diodli yoritish tizimlari va konditsionerlarga ega.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31
Mavzuga oid

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

22:01 / 13.05.2025