Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi

Foto: MOQ
Osiyo Boks Konfederatsiyasi (ASBC) 2024 yil yakunlariga ko‘ra, yilning eng yaxshilarini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu ro‘yxatda 3 nafar vakillar ham bor.
Yil yakunlariga ko‘ra, Osiyoda o‘smir qizlar o‘rtasida yilning eng yaxshi bokschisi sovrini O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Maftuna Yangiyevaga topshirildi.
22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar orasida eng yaxshi ayol bokschi sovriniga esa 2024 yilda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Feruza Kazakova ega chiqdi.
Parij-2024 Olimpiada o‘yinlaridagi yuqori natijalarda o‘zining yuksak hissasini qo‘shgan O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev – Osiyoda yilning eng yaxshi murabbiyi deya tan olindi.
Shuningdek, qit’aning boks bo‘yicha eng asosiy tashkiloti O‘zbekiston milliy jamoasiga Olimpiada-2024 natijalari uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
Qizig‘i, Parij-2024da oltin medal yutmagan Qozog‘iston boksi Osiyoda yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p sovringa ega chiqdi. Qozog‘istonlik Sag‘indiq Tog‘ambay – Osiyoning eng yaxshi bokschisi deb e’lon qilindi. Temirlan Mukatayev esa 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar orasida Osiyoda tengsiz deb topilgan bo‘lsa, Torexan Sobirxan Osiyoning eng yaxshi yosh boksichi deb e’lon qilindi. Qozog‘iston boks federatsiyasi esa 2024 yilda Osiyoning eng yaxshi milliy federatsiyasi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Parij-2024 Olimpiadasida 5ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatidagi «og‘ir» toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi
O‘zbekiston | 11:05
-
Islom inqilobi muhofizlari korpusi boshlig‘i Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan
Jahon | 10:42
-
Oyatulloh Xominaiy Isroilga «qattiq jazo» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:30
-
Aybsizlik prezumpsiyasiga oid normalar takomillashtirilyapti
O‘zbekiston | 10:21
Mavzuga oid

20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi

21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi

17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi

18:31 / 14.11.2024