Prezident Yangi Toshkentdagi ilm va ta’lim maskanlari qurilishi bilan tanishdi
«Bizning ikkita o‘q tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot bo‘lsa, biri – ma’naviyatdir». Davlat rahbari yangi shahar qurilishini nega ma’rifat maskanlaridan boshlanganini tushuntirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Yangi Toshkent shahrida qurilayotgan obektlar bilan tanishdi. Jumladan, 30 ming kv.m. maydonda joylashgan Milliy kutubxonani borib ko‘rdi.
- Men avval aytganimdek, bizning ikkita o‘q tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot bo‘lsa, biri – ma’naviyatdir. Ma’naviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi. Bilimli yoshlar bobolarimizga munosib keng fikrli, milliy g‘ururli, yetuk insonlar bo‘ladi. Shuning uchun yangi shahrimiz qurilishini ma’rifat maskanlaridan boshlayapmiz. Bular yuz yilga tatigulik ma’naviyat, ma’rifat, ilm o‘chog‘i bo‘lishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Zamonaviy kutubxonada xodimlar ham shunga munosib bo‘lishi, ilg‘or axborot texnologiyalari va xizmatlarni yaxshi bilishi kerakligi ta’kidlandi. Shu bois O‘zbekiston Milliy universiteti va boshqa o‘quv yurtlarida kutubxonachilar tayyorlash sifatini oshirish vazifasi qo‘yildi. Mamlakatimizning 14 ta shahrida kutubxona filiallarini tashkil etib, hududlardagi aholining ham kitob o‘qishiga qulaylik yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shaharda Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda «Yangi O‘zbekiston» universiteti uchun zamonaviy majmualar ham bunyod etilmoqda. Prezident ularning qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan «Yangi O‘zbekiston» universiteti uchun yangi majmua qurilishi uch bosqichda olib boriladi. Dastlab o‘quv obektlari va rektorat binosi bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.
Yakunda o‘n ming nafar talabani qamrab oladigan beshta fakultet, bir vaqtning o‘zida sakkiz ming nafar talabaga xizmat ko‘rsatadigan rektorat binosi qad ko‘taradi. Kutubxona, muzey, ko‘rgazma zali, multimedia xonasi, sport majmuasi, suzish havzasi tashkil etiladi.
Davlat rahbari bu majmualarning kelgusidagi ahamiyatiga to‘xtalib, o‘quv jarayonini oqilona tashkil etish muhimligini ta’kidladi.
- Bu ma’rifat maskanlari - yoshlarimizga investitsiya. Ulardagi yo‘nalishlar, dasturlar, ta’lim sifati va kasblarda Yangi O‘zbekistonimizdagi marralar mujassam bo‘lishi kerak. Bugun bilim olayotgan yoshlar kelajakda mamlakatimizni oldinga boshlaydigan, muammolarni hal etadigan «kalit», dedi prezident.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

16:36 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi

16:04 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025