O‘zbekiston Vengriya bilan migratsiya sohasida bitim imzolashni rejalashtirmoqda
Ikki mamlakat o‘rtasida migratsiya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan readmissiya va iqtisodiy mobillik to‘g‘risidagi bitimni imzolanadi.
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Chet elliklar masalasi bo‘yicha politsiya milliy bosh byurosi (Migratsiya xizmati, IIV tarkibiga kiradi) bosh direktori general Shandor Gombios bilan muzokara o‘tkazdi.
Tomonlar tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni muhokama qildilar.
Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi migratsiya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan readmissiya va iqtisodiy mobillik to‘g‘risidagi bitimni imzolash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shandor Gombios 2025 yil 1 yanvardan boshlab Vengriyada ishlash huquqi faqat shunday shartnomani imzolagan mamlakatlar fuqarolariga berilishi, va mazkur bitimni imzolash muhimligini e’tirof etdi. Kelishuv mehnat muhojirlari oqimini ko‘paytirish uchun huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratishi va ularning Vengriyadagi qonuniy maqomini ta’minlashi ta’kidlandi.
Vengriya tomoni migratsiya sohasidagi hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qilish uchun O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari delegatsiyasining 2025 yil boshida Vengriyaga tashrifini tashkil etishga tayyorligini tasdiqladi.
Mavzuga oid
14:38
Vengriya YeIdan milliardlab yevro dotatsiya olish huquqidan mahrum qilindi
16:57 / 01.01.2025
1 yanvardan chet elliklarning Rossiyaga kirish qoidalari kuchaytirildi
20:54 / 30.12.2024
Putin noqonuniy migrantlarga Rossiyani tark etish uchun muhlat berdi
21:45 / 29.12.2024