2025 yil 1 yanvardan boşlab Rossiyaga kiruvçi xorijiy fuqarolarning vaqtinça böliş muddatiga oid qonunçilikdagi özgarişlar kuçga kirdi.

Jumladan, xorijliklarning Rossiyada vizasiz böliş muddati 90 kungaça qisqartirildi. Ilgari bu muddat 180 kunni taşkil qilar edi.

Özgartirişlar Rossiyaga vizasiz kiradigan çet el fuqarolariga tegişli. Rossiyaga viza bilan kelgan xorijliklarning vaqtinça böliş muddati özgarişsiz qolmoqda.

Şuningdek, 2025 yil 5 fevraldan Rossiyada çet el fuqarolari uçun yangi maxsus «çiqarib yuboriş rejimi» işga tuşadi, bu politsiyaga migrantlarni mamlakatdan çiqarib yuboriş töğrisida mustaqil ravişda qaror qabul qiliş imkonini beradi. Ilgari faqat sudlar va Rossiya Çegara xizmati bunday huquqqa ega edi.

Şunday qilib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan xorijliklar maxsus elektron reyestrga kiritiladi, unga kiriş avtomaşinani boşqariş, köçmas mulk bilan boğliq bitimlar tuziş, turmuş quriş, boşqa hududga köçib ötiş va hokazolarni taqiqlaşi mumkin.

Şu bilan birga, 2025 yil 5 fevraldan boşlab Rossiya çegaraçilari mamlakat xavfsizligiga tahdid solişi mumkin bölgan çet el fuqarosiga kirişni rad etiş huquqiga ega böladi.