Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
60 turdagi mahsulotlar uchun bojsiz import rejimi yana bir yilga uzaytirildi
Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida, o‘simlik yog‘i, saryog‘, tuxum, banan, sitrus mevalar, un, yogurt, ayrim turdagi qandolat mahsulotlari, shuningdek, ba’zi gigiyenik tovarlar importi uchun bojxona bojining nol stavkasi 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidenti 28 dekabr kuni “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan, 31.05.2022 yildagi PF-145-sonli va 23.03.2023 yildagi PF-41-sonli prezident farmonlari asosida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanayotgan tovarlar uchun ushbu imtiyozning muddati 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Bu chora iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Yana kamida bir yil davomida bojsiz olib kirish mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxatiga baliq, saryog‘, margarin, qaymoq, quyultirilgan sut, tuxum, banan, kofe, choy, un, yogurt, pishloq, tvorog, qandolat mahsulotlari, murabbo, alkogolsiz ichimliklar, soch uchun vositalar, ayrim gigiyenik tovarlar va boshqalar kiradi.
Shuningdek, yangi yoki quritilgan xurmo, anjir, ananas, avokado, guava, mango, kokos, olma, nok, behi kabi mevalarning bojsiz importi ham davom etadigan bo‘ldi.
Boshqa bir qaror asosida, o‘simlik yog‘i importi bo‘yicha bojxona bojining nol stavkasi ham 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. Parranda go‘shti importi uchun esa imtiyoz muddati uzaytirilmadi.
Mavzuga oid
17:55 / 13.01.2026
Issiqxonachilik sohasi qayta ko‘rib chiqiladi. Buning uchun Loyiha ofisi ochilmoqda
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
13:23 / 10.01.2026
Hududlar reytingi: oziq-ovqat ishlab chiqarishda Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
15:49 / 07.01.2026