Las-Vegasdagi Tramp mehmonxonasi yonida Tesla portladi, bir kishi halok bo‘ldi
Las-Vegasda Tesla Cybertruck elektr pikapi Donald Trampga tegishli mehmonxona yonida portlab ketdi. Bir kishi vafot etdi. Ushbu hodisa va Yangi Orleanda olomon ustiga haydalgan mashina o‘rtasidagi bog‘liqlik tekshirilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
1 yanvar, chorshanba kuni Las-Vegasda AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga tegishli Trump International Hotel mehmonxonasi oldida Tesla Cybertruck elektr pikapi portlab ketdi. Salondagi odam halok bo‘ldi, voqea joyida bo‘lgan yana yetti kishi yengil tan jarohati oldi. Portlash mahalliy vaqt bilan 08.40 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Mahalliy sherif Kevin Makmexillning aytishicha, portlashdan avval elektromobil mehmonxonaga kirish joyigacha borgan va uning oldida to‘xtagan, deb yozadi The New York Times. Associated Press agentligi anonim qolishni istagan mahalliy huquq-tartibot idoralari vakillariga tayanib, Cybertruck'ga feyyerverklar ortilgan bo‘lganini ma’lum qildi.
Ayni paytda, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenning aytishicha, bu voqea va yangi yil kechasida Yangi Orleanda olomonga avtomashina hujumi o‘rtasidagi bog‘liqlik versiyasi tekshirilmoqda.
Mask: Portlash sababi - pikapda emas
Elektr avtomobillarini ishlab chiqaruvchi kompaniya egasi, milliarder Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida portlash haqidagi izohlar bilan bir qator postlarni chop etdi. «Tesla butun rahbariyati hozir nima bo‘lganini tekshirmoqda, - deb yozgan Mask Floridada Trampning yangi yil ziyofatida qatnashganidan keyin o‘zining birinchi tvitida. - Biz hech qachon bunday narsani ko‘rmaganmiz».
«Biz portlashga ijaraga olingan Cybertruck'da olib o‘tilayotgan juda katta miqdordagi feyyerverk va/yoki bomba sabab bo‘lganini va bu transport vositasining o‘zi bilan bog‘liq emasligini tasdiqladik», dedi tadbirkor portlash paytida undan olingan telemetriya mutlaqo normal bo‘lganini ta’kidlab.
Keyingi tvitlaridan birida Mask shunday yozgan: «Yovuz ahmoqlar terrorchilik hujumi uchun noto‘g‘ri mashina tanlagan. Cybertruck portlashni o‘zi qaytara olgan va uni yuqoriga yo‘naltirgan. Hatto (mehmonxona) vestibyulining shisha eshiklari ham zarar ko‘rmagan». Milliarder ushbu postga portlash oqibatlari aks etgan videoni ilova qilgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
O‘zbekiston | 15:42
-
Trampning bojlaridan Isroil iqtisodiyoti 3 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin
Jahon | 15:31
-
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2 foizga ko‘paydi
O‘zbekiston | 15:29
-
Brent nefti narxi 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi
Jahon | 15:24
Mavzuga oid

13:22 / 03.04.2025
Tesla sotuvlari 13 foizga tushib ketdi

13:16 / 24.03.2025
Mask tufayli Tesla deyarli yarim qiymatini yo‘qotdi

09:12 / 23.03.2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilyapti?

16:53 / 11.03.2025