G‘ayrat Do‘stovga berilgan qamoq jazosi qisqartirildi. U sud zalidan ozod etildi
Metan-shoxobchalar yopilishidan shikoyat qilib, 15 sutkaga qamalgan fuqaro G‘ayrat Do‘stov va uning advokatlarining apellyatsiya arizasi qisman qanoatlantirildi.

Foto: Kun.uz
3 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Do‘stovga berilgan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosini 8 sutkagacha qisqartirdi va ushbu muddat o‘tab bo‘lingani uchun u sud zalida ozod etildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
G‘ayrat Do‘stov 23 dekabrda Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Oltintopgan ko‘chasi, 2-uyda joylashgan “Morotrans” MChJga qarashli gaz quyish shoxobchasida navbat kutib, navbati yaqin qolganda shoxobcha yopilganidan norozi bo‘lgan va shu vaqtda aytgan gaplari internetda tarqalgan edi.
Shundan keyin u 25 dekabr kuni qo‘lga olinib, 26 dekabrda Bektemir tuman sudi tomonidan mayda bezorilik moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.
Do‘stovning 3 yanvar kungi apellyatsiya sudida aytishicha, u dastlabki sud qaroridan keyin “Panelniy”da faqat 1 kecha saqlangan, keyin poytaxt IIBBga olib borilgan.
Sudya Farruh Mahmudov raisligidagi apellyatsiya sudi dastlab javobgarning ishtirokisiz boshlangan edi, ammo advokatlarning talabiga asosan, G‘ayrat Do‘stov sudga olib kelindi. Sud jarayonida uning tobi qochgani sabab, ishni ko‘rishda biroz vaqt tanaffus bo‘ldi. Do‘stov o‘ziga kelgach, sud jarayoni davom ettirildi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
Jahon | 10:06
-
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
O‘zbekiston | 07:57
-
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
O‘zbekiston | 07:01
-
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
O‘zbekiston | 00:41
Mavzuga oid

10:41 / 05.03.2025
Korrupsiya muammosini jamoatchilikka olib chiqishda OAVning o‘rni ortmoqda - prezident

21:07 / 23.02.2025
“Tanqidlar og‘rig‘ini ichga yutaverib, xastalik orttirdim” – jurnalist Nozima Vohidova bilan suhbat

13:47 / 27.01.2025
Abdurahmon Tashanov o‘ziga bosimlar boshlanganini ma’lum qildi

13:30 / 24.01.2025