Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi
36 yoshli sportchi professional ringda 34 ta g‘alabaga erishdi. Shuningdek, bitta durang va ikkita mag‘lubiyat qayd etdi. Har ikkalasi ukrainalik Oleksandr Usikdan.
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri 36 yoshida faoliyatini yakunladi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi: «Boksdagi faoliyatimni yakunlaganimni e’lon qilmoqchiman. Bu ajoyib davr edi, men har bir daqiqadan zavqlanardim. Ammo endi buni shu nuqtada tugatmoqchiman».
Tayson Fyuri professional faoliyatini 2008 yil dekabr oyida boshladi. Professional boksda IBF (2015), WBA super (2015-2016), WBO (2015-2016) va WBC (2020-2024) talqini bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Uning hisobida 34 g‘alaba, bitta durang va ikkita mag‘lubiyat bor.
Fyuri har ikkala mag‘lubiyatini ukrainalik bokschi Oleksandr Usikdan qabul qilib olgan. 2024 yil may oyida u hakamlar qaroriga ko‘ra yutqazdi. Shu yil dekabr oyida revansh jangini o‘tkazib, unda ham mag‘lub bo‘ldi.
Fyuri 2022 yilda ham faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan, ammo keyinchalik yana boksga qaytgan edi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026