Isroil va Hamas sulh bo‘yicha kelishuvga erishdi
Isroil hukumati va Hamas vakillari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni ozod etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Foto: AP
Axios’ning yozishicha, tomonlar hozircha erishilgan sulh bo‘yicha rasmiy bayonotni e’lon qilmagan. Manbalar qo‘shma bayonot «yaqin vaqt ichida» e’lon qilinishini bildirgan.
CNN telekanalining isroillik amaldorlarga tayanib ma’lum qilishicha, birinchi bosqichda Hamas 33 nafar asirni Isroil qamoqxonalaridagi yuzlab falastinliklarga almashadi. Ta’kidlanishicha, Tel-Aviv 2023 yil 7 oktyabrdan keyin hibsga olingan barcha ayollar va voyaga yetmaganlarni bosqichma-bosqich ozod etadi. Bu vaqt davomida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amalda bo‘ladi.
Isroil va Hamas o‘rtasidagi muzokaralar 14 yanvar kuni Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tdi. 13 yanvarga o‘tar kechasi vositachilar – AQSh, Qatar va Misr orqali bir yildan ortiq davom etayotgan muzokaralarda «yutuqqa» erishildi. Qatar vakili tomonlarga o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv matnini topshirgandi.
Associated Press agentligi ma’lumotiga ko‘ra, loyiha quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- 1-bosqich — 42 kun mobaynida garovda ushlab turilgan 33 nafar Isroil fuqarolari ozod qilinadi. Isroil armiyasi esa G‘azo hududlaridan chiqishni boshlaydi.
- 2-bosqich — barcha erkaklar ozod qilinib, Isroil harbiylari G‘azodan to‘liq chiqib ketadi.
- 3-bosqich — garovda bo‘lgan va halok bo‘lgan shaxslarning jasadlari qaytariladi, G‘azoni qayta tiklash rejasi ishlab chiqiladi hamda yangi boshqaruv tizimi yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Britaniya bozoriga eksportni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon | 11:51
-
Bill Geyts fondi 2045 yilgacha 200 mlrd dollarni xayriya qiladi
Jahon | 11:39
-
«Yuksalish» harakati ko‘p qavatli uylarni boshqarishda ko‘plab kamchiliklarni aniqladi
O‘zbekiston | 11:11
-
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 11:10
Mavzuga oid

07:41
G‘azodagi hukumat: Isroil falastinliklar izolyatsiyasi uchun lagerlar yaratishni rejalashtirmoqda

19:01 / 07.05.2025
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters

17:53 / 07.05.2025
AQSh sudi Pegasus josuslik dasturini yaratgan Isroil kompaniyasini 170 mln dollar jarimaga tortdi

11:54 / 07.05.2025