Toshkent metrosida 19 yoshli yigit o‘zini poyezd tagiga tashladi
Bekatda xizmat olib borayotgan naryad xodimlari jabrlangan fuqaroni vagon tagidan chiqarib olgan. Bosh prokuraturaga ko‘ra, hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Kun.uz
Toshkent metropolitenida 19 yoshli yigit o‘zini poyezd ostiga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 17 yanvar kuni soat 22:40 larda Qo‘yliq yo‘lining «Turon—Do‘stlik» yo‘nalishida harakatlanayotgan elektropoyezd «Olmos» bekatiga kirib kelayotgan vaqtida, 2006 yilda tug‘ilgan yigit o‘zini uning ostiga tashlagan.
Bekatda xizmat olib borayotgan naryad xodimlari jabrlangan fuqaroni vagon tagidan chiqarib olgan. Yigit tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan.
Ta’kidlanishicha, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevralda poytaxt metopolitenining «Mirzo Ulug‘bek» bekatida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak voqea joyida vafot etgandi. 2023 yilda «Qo‘yliq» bekatida ham shu kabi holat yuz bergan — bir erkak o‘zini poyezd tagiga tashlagan edi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Murakkab vaziyatda qolgan mehnat migrantlariga moliyaviy yordam miqdori oshirildi
O‘zbekiston | 08:52
-
Shavkat Mirziyoyev Kashmirdagi terakt munosabati bilan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi
O‘zbekiston | 08:12
-
YaTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga rieltor faoliyati ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston | 07:59
-
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi
Jahon | 07:55
Mavzuga oid

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

09:40 / 17.04.2025