«Manchester Siti» Husanov transferini e’lon qildi
Abduqodir APLdagi birinchi o‘zbek futbolchisi bo‘ldi.

Foto: Manchester City FC
«Manchester Siti» klubi o‘zining rasmiy sahifalarida Abduqodir Husanov transferini e’lon qildi.
APLning amaldagi chempioni o‘zbekistonlik himoyachi bilan 2029 yilgacha shartnoma tuzdi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Manchester klubi 20 yoshli futbolchi uchun «Lans»ga 40 mln yevro to‘lashi xabar qilingandi. Bu qiymat bonuslar hisobiga 50 mln yevroga yetishi ham mumkin.
Shu tariqa, Husanov Angliya Premer-ligasida o‘ynaydigan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi. Shuningdek, Abduqodir o‘zbek o‘yinchilari orasida eng qimmat transfer bo‘ldi. Avvalgi rekordchi 2021 yil «Jyenoa»dan «Roma»ga 18 mln yevroga o‘tgan Eldor Shomurodov edi.
Husanov faoliyatini O‘zbekistonning «Bunyodkor» klubi akademiyasida boshlagan, ammo murabbiylar uni asosiy jamoaga qabul qilmagan. 2022 yilda u Belarusning «Energetik-BGU» klubiga o‘tgan va u yerda asosiy tarkib futbolchisiga aylangan.
2023 yilda Husanov O‘zbekiston yoshlar jamoasi (U-20) bilan Osiyo kubogida g‘olib chiqqan. U dunyoning eng istiqbolli himoyachilari ro‘yxatiga kiritilgan. Keyinchalik u asosiy milliy jamoa a’zosiga aylandi.
O‘sha yili «Lans» Husanovni 100 ming yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oladi. Dastlabki mavsumida u Fransiya chempionatida 11 o‘yinda maydonga tushadi, shuningdek Chempionlar ligasida ikki o‘yinda, jumladan, «Arsenal»ga qarshi bahsda ishtirok etgan.
2024 yil yozida fransuzlar jamoasining asosiy markaziy himoyachisi Kevin Danso jarohat olgach, Husanovda imkoniyat paydo bo‘ladi va «Lans»ning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Uning ishonchli o‘yinlari jamoaga Liga 1 dagi eng yaxshi himoyalardan biri bo‘lishga yordam berdi (16 o‘yinda klub 15 ta gol o‘tkazib yubordi, faqat PSJda kamroq — 14 ta).
U endilikda «Lans» tarixidagi eng qimmat transferga aylanib, APLga yo‘l oldi.
Welcome, Abdukodir 👋 pic.twitter.com/Y6X88GB79O
— Manchester City (@ManCity) January 20, 2025
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

18:11 / 14.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?

20:39 / 28.05.2025
Abduqodir Husanov uylandi

10:12 / 21.05.2025
«Siti» KDB bilan xayrlashdi va YeChLga yaqinlashdi

23:01 / 17.05.2025