Samsung o‘zining eng yupqa smartfonini taqdim etdi
Asosiy Samsung smartfonlaridan farqli o‘laroq ushbu model ikkita orqa kameraga ega bo‘ladi.

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy S25 smartfonlari bilan birga mutlaqo yangi model — Galaxy S25 Edge’ni e’lon qildi.
Smartfon AQShdagi blogerlar va jurnalistlar uchun o‘tkazilgan Samsung taqdimotida namoyish etildi. Biroq gadjetni qo‘lga olish va sinab ko‘rishga ruxsat berilmagan. Suratlardan ko‘rinib turibdiki, qurilma haqiqatan ham yupqa, lekin shu sababli u faqat ikkita orqa kameraga ega. Asosiy Samsung Galaxy S25 modellarida esa uchta kamera mavjud.
Samsung Galaxy S25 Edge korpusining qalinligi atigi 6,4 millimetrni tashkil etishi kutilmoqda. Bu brendning eng yupqa flagmani bo‘lib, kelajakda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan 5,5 millimetr qalinlikdagi iPhone 17 Slim bilan raqobatlashadi.
Smartfon narxi va xususiyatlari e’lon qilinmadi. Qurilmaga Galaxy uchun mo‘ljallangan Snapdragon 8 Elite chipi o‘rnatilgan. Qayd etilishicha, smartfon 2025 yilning aprelida sotuvga chiqariladi, unga qadar yakuniy dizayn biroz o‘zgartirilishi mumkin.
Samsung’ning so‘nggi Edge smartfonlari 2016 yilda chiqarilgandi — Galaxy S7 Edge. U asosiy modeldan qirralari egilgan ekrani bilan farqlanadi. Aftidan, bundan keyin modellar nomiga qo‘shiladigan Edge qo‘shimchasi yupqa gadjetlar uchun qo‘llanadi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi
Jahon | 13:10
-
Mers: Isroil biz uchun Eronda og‘ir ishni qilyapti
Jahon | 12:56
-
Britaniya O‘zbekistonda bolalar uchun ijtimoiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi
O‘zbekiston | 12:54
Mavzuga oid

14:38 / 28.05.2025
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

19:00 / 28.03.2025