Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko g‘alabasini ko‘rsatmoqda
Amaldagi davlat rahbarining yettinchi marta saylanishi kutilmoqda.
Belarusda prezidentlik saylovi uchastkalari yopildi. Dastlabki ekzit-poll natijalariga ko‘ra, amaldagi Aleksandr Lukashenko 87,6 foiz ovozga ega, deb yozdi BelTA.
«Hammaga qarshi» varianti so‘rovda qatnashgan saylovchilarning 5,1% ovozini olgan. Saylovda ishtirok etgan qolgan nomzodlarning natijalari quyidagicha:
- Sergey Sirankov - 2,7%
- Oleg Gaydukevich - 1,8%;
- Anna Kanopatskaya - 1,6%;
- Aleksandr Xijnyak - 1,2%.
Markaziy saylov komissiyasining ta’kidlashicha, saylovda 52 davlatdan 486 nafar xorijiy kuzatuvchi va 44361 nafar milliy kuzatuvchi qatnashgan.
Yevropa Ittifoqi Belarusdagi prezidentlik saylovini «soxta, na erkin, na adolatli» deb atadi.
Aleksandr Lukashenko bu yil qatorasiga yettinchi marta saylanmoqda. Undan tashqari yana to‘rt nomzod: Kommunistik partiyaning birinchi kotibi Sergey Sirankov, Liberal-demokratik partiyasi raisi Oleg Gaydukevich, tadbirkor ayol Anna Kanopatskaya, Mehnat va adolat respublika partiyasi raisi Aleksandr Xijnyak ishtirok etyapti. Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning aytishicha, belarusliklar ham, xalqaro hamjamiyat ham ushbu saylov natijalarni tan olmaydi.
Mavzuga oid
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
18:54 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri bilan uchrashdi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
09:00 / 08.06.2026