29 yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
![](https://storage.kun.uz/source/11/SRMk7ubyGk8x8GOrR3Ta_yZZhk2ypWwf.jpg)
Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 29 yanvar, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+2 daraja, kunduzi +6...+8 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi –2...+3 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, Navoiy viloyati shimolida harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi –2...+3 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida kechga tomon bir oz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2 ...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2 daraja, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlari hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Quyosh energiyasi orqali daromad olish: O‘zbekistonda quyosh panellari bilan biznes faoliyati
O‘zbekiston | 15:00 / 10.02.2025
Trampning o‘tmishdagi kumiri. Uilyam Mak-Kinli haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 14:52 / 09.02.2025
Ukraina generali: «Zalujniy 2022 yildayoq Belgorodga hujumni taklif qilgandi»
Jahon | 10:10 / 09.02.2025
Tramp G‘azodan falastinliklarni ko‘chirmoqchi. Kim rozi, kimlar norozi?
Jahon | 18:46 / 08.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lavrov Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:21
-
Gvatemalada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan jarga quladi. Kamida 51 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 00:49
-
Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi
Sport | 00:38
-
O‘zbekistonga 115 tonna dizelning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
O‘zbekiston | 23:49 / 10.02.2025
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/bdHPkWqtihw1-MeVZeXZS6bHHhLWhAnp_medium.jpg)
13:55 / 10.02.2025
Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/04e1UbFOYjbCZ-hlL02_olsG8v5G1b8p_medium.jpg)
15:40 / 09.02.2025
Ertaga aksariyat hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/eYfbI3zy9LNB5SA6vREitFteP56nWTnx_medium.jpg)
13:18 / 08.02.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/Pxl3m667dyuihDctrceSWdlstLjHaV9Y_medium.jpg)
11:17 / 07.02.2025