Islom sivilizatsiyasining zamini – ilm-fan, madaniyat, ta’lim va tarbiyadir - prezident
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi bilan tanishdi. Davlat rahbari yurtimizdagi islom madaniyati bilan bog‘liq bir necha ming yillik qadimiy o‘tmish bir joyda – mana shu majmuada mujassam bo‘lishini, markaz bilan tanishgan odam o‘zbek xalqining dunyo tamadduniga qo‘shgan buyuk hissasini anglashini ta’kidladi.
![](https://storage.kun.uz/source/11/dX94IlMPvtg93PdGIDngtOgVZA_UsDWQ.jpg)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, uning qurilishi yakuniy bosqichga kirgan. Markaz binosi uch qavatni tashkil etib, qadimgi me’moriy obidalar shaklida bunyod etilmoqda. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan.
Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali bunyod etiladi. Bu yerda musulmon dunyosining ma’naviy durdonasi – qadimiy Usmon Mushafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O‘zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitob nusxalari va ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari qo‘yiladi. Jahondagi eng nodir qo‘lyozma Qur’onlardan namunalar ham o‘rin oladi.
– Xalqimizning boy va betakror merosiga oid ko‘p kitoblar, turli o‘lkalarga sochilib ketgan qo‘lyozmalar, noyob ma’lumotlar, san’at asarlari, afsuski, bizga noma’lum edi. Mana shu markaz sabab bo‘lib tarixni o‘rganishda katta qadamlar qo‘ydik, yangi manbalar yuzaga chiqdi. Endi bularning ta’siri, natijasi qanday bo‘ladi? Ularni faqat yodgorlik sifatida saqlamasdan, faol ilmiy iste’molga kiritish, aholimiz, yoshlarimizga tushunarli tilda yetkazish, jahon jamoatchiligiga keng targ‘ib qilish kerak. Bu dargoh nafaqat o‘tmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni bog‘laydigan, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi bo‘lishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Majmuada “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans davri”, “Ikkinchi Renessans davri”, “O‘zbekiston XX asrda”, “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans” kabi bo‘limlar tashkil etiladi. Bu davrlar tarixi turli ashyolar, qo‘lyozma manbalar, suratlar va multimedia vositalari orqali namoyish etilgan. Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Ali Qushchi kabi alloma va mutafakkirlarning serqirra faoliyati haqida ma’lumot berilgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy kabi ulamolarning islom ma’rifatiga qo‘shgan hissasi atroflicha yoritilgan. Ayni vaqtda majmuada Bibixonim, Xonzodabegim, Gavharshodbegim, Gulbadan, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar otin kabi tarixda iz qoldirgan mashhur ayollarning ilm-ma’rifat homiysi sifatidagi faoliyati ham o‘z ifodasini topgan.
Davlat rahbari markazning faoliyati va ahamiyati haqida to‘xtaldi.
– Islom sivilizatsiyasining, islom ta’limotining zamini – aslida ilm-fan, madaniyat, ta’lim va tarbiyadir. Biz barpo etayotgan markazning bosh g‘oyasi, asosi ham shu. Eng muhim tomoni – yurtimizdagi islom madaniyati bilan bog‘liq bir necha ming yillik qadimiy o‘tmish bir joyda – mana shu majmuada mujassam bo‘ladi. Markaz bilan tanishgan odam ana shu tarixni yaqqol ko‘rib, islom dini, bu avvalo, tinchlik, taraqqiyot va bag‘rikenglik dini ekanini, o‘zbek xalqining dunyo tamadduniga qo‘shgan buyuk hissasini anglaydi, – dedi prezident.
Ana shu vazifadan kelib chiqqan holda, markazda ulug‘ ajdodlar merosini chuqur tadqiq qilish, uni bugungi kunning o‘tkir muammolariga javob bera oladigan hayotbaxsh kuchga aylantirish zarurligi ta’kidlandi. Buning uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy nomidagi va boshqa xalqaro ilmiy-ma’rifiy tashkilotlar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish, birgalikda zamonaviy tahdidlarga munosib ilmiy javoblar topish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerak.
– Nasib etsa, bu majmua o‘zimizning me’moriy tajribamiz, Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik maktabi, ilmiy-ma’naviy salohiyatimiz ramzi sifatida tarixga kiradi. Har bir bo‘limning mazmun-mohiyati ayni shu maqsadga qaratilishi lozim. Chet eldagi mashhur muzey va kutubxonalar, nufuzli mutaxassislar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, kitoblar, maqolalar nashr etilayotgani e’tiborga loyiq. Bu ishlar doimiy va ilmiy asosga ega bo‘lishi uchun ishni rejali tashkil qilish kerak. Bosh maqsadimiz – milliy o‘zligimizni anglash va anglatish, – dedi davlat rahbari.
Qurilish ishlari va ekspozitsiya bilan tanishish jarayonida Shavkat Mirziyoyev markaz faoliyatini tashkil etish, uning ma’no-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda iqtisodiy qutblanish kengayib boryapti. Nega?
Iqtisodiyot | 12:05 / 16.02.2025
G‘azoni yegani bo‘rilar keldi. Musulmon dunyosi qani?
Jahon | 17:47 / 15.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 22:38 / 14.02.2025
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat departamenti: Ar-Riyoddagi uchrashuv bu - Ukraina bo‘yicha muzokaralar emas
Jahon | 09:35
-
2025 yili 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
O‘zbekiston | 09:20
-
Tramp, Putin va NATOga muqobil: Zelenskiy Myunxenda nimalar dedi?
Jahon | 09:10
-
Yevropa Ukrainada tinchlik shartnomasisiz o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi
Jahon | 08:59
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/UNl_fnitAYL_s4wtNNeHPX9pLTADhor2_medium.jpg)
23:37 / 17.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Kuvaytning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/pFiWFu05_Guzr1y3cIraJBl6YqcXVcrj_medium.jpg)
20:56 / 17.02.2025
O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/8WkEjwG1uyUA9emND_vYVJhuKdV3wz9I_medium.jpg)
18:18 / 17.02.2025
O‘zbekiston va Kuvayt hamkorligi bo‘yicha 9 ta hujjat imzolandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/dbaGBIwYEXXf1OrdJe75c27uPb2F_E2Q_medium.jpg)
17:08 / 17.02.2025