Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
Ular Damas rusumli avtomashinadan pul mablag‘lari o‘g‘irlagan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent viloyati Angren shahrida o‘g‘irlik sodir etgan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyat IIBB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 17 aprel kuniga o‘tar kechasi Angren shahri Nurchi mahallasida noma’lum shaxs Damas rusumli avtomashinadan pul mablag‘lari o‘g‘irlangani haqida hududiy Ichki ishlar bo‘limiga xabar kelib tushgan. Holat o‘rganilib, tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni 15–17 yoshdagi to‘rt nafar maktab o‘quvchisi sodir etgani aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlangan.


Dastlabki tergov davomida gumonlanuvchilar ushbu o‘g‘irlangan pullarni maktab bitiruv kechasi uchun kerak bo‘lgan xarajatlarni qoplash maqsadida olganini bildirgan.
«Bu kabi holatlar barchamizni birdek o‘ylantirishi kerak. Chunki bitiruv kechalari va shu kabi tadbirlardagi ortiqcha xarajatlar, «boshqalardan qolmaslik» hissi, moddiy bosim — ayrim o‘quvchilarni jinoyatga boshlamoqda», — deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
10:59 / 26.05.2026
Kitobxon yoshlar uchun 50 ming dollarlik mukofot joriy etildi
10:03 / 28.04.2026