Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Riviera savdo markazi farroshi lift shaxtasida halok bo‘ldi
U lift shaxtasiga shisha oynalarni tozalash uchun kirganida baxtsiz hodisa ro‘y bergan.
3 fevral kuni Toshkent shahri Olmazor tumani joylashgan Riviera savdo markazida farrosh ayol baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, shaxtada ishlayotgan ayolni lift bosib qolgan. Ayol voqea joyida vafot etgan.
Bosh prokuratura axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, 3 fevral kuni soat 11:10 da savdo majmuasida farrosh bo‘lib ishlovchi 45 yoshli Sh. M lift shaxtasiga shisha oynalarni tozalash uchun kirgan. U shaxtaning burchak qismida ekanida lift eshiklari yopilib, tepaga qarab harakatlanishni boshlagan, liftni harakatga keltiruvchi toshlar pastga, ya’ni farroshning ustiga tushib, uni qisib qolgan.
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidan bo‘lgan marhum ayol mazkur savdo majmuasida 2020 yildan buyon farrosh sifatida ishlab kelgan. Uning ikki nafar farzandi yetim qolgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Bekzod Berdiyevga ko‘ra, baxtsiz hodisaga texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Voqea joyiga prokuratura va IIB xodimlaridan iborat ishchi guruh yetib borgan. Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
11:09 / 02.06.2026
Samarqandda elektrosikl kanalga qulashi oqibatida 4 nafar bola halok bo‘ldi
09:10 / 19.05.2026
Lift xavfsizligini baholash tizimi uchun yangi tartib joriy etilmoqda
20:20 / 17.02.2026