Zelenskiy: Myunxen konferensiyasi oldidan Ukrainaga Tramp jamoasidan «jiddiy odamlar» keladi
14-16 fevral kunlari Myunxen xavfsizlik konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Zelenskiy uning doirasida qator uchrashuvlarni o‘tkazadi, jumladan, AQSh vitse-prezidenti bilan ham ko‘rishadi.

Foto: president.gov.ua
14-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi boshlanishidan oldin Ukrainaga AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasining vakillari tashrif buyuradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Tramp ma’muriyati amaldorlarining tashrifi haqida Ukraina yetakchisi Yevropa investitsiya banki prezidenti Nadejda Kalvino bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumani vaqtida e’lon qildi.
Zelenskiy Ukraina va AQSh jamoatlarining umumiy maqsadi Putinni to‘xtatish hamda Ukrainaga qanday qilib xavfsizlik kafolatlarini berish ekanini ta’kidladi.
«Joriy hafta Myunxen konferensiyasi boshlangunga qadar Ukrainada prezident Tramp jamoasidan bo‘lgan ayrim jiddiy odamlar bo‘ladi. Keyin esa Myunxen konferensiyasi boshlanadi, uning doirasida qator uchrashuvlarim bor, jumladan, AQSh vitse-prezidenti bilan ham», — deydi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti qanaqa «jiddiy odamlar» haqida gap ketayotganiga oydinlik kiritmagan.
Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatishni prezidentlik dasturining asosiy bandlaridan biri deb atagan. Bloomberg manbalari Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog urushni to‘xtatish bo‘yicha AQSh rejasini Myunxen xavfsizlik konferensiyasida taqdim etishini ma’lum qilgandi. Kellogning o‘zi bu xabarni rad etgan. Uning aytishicha, rejani Tramp taqdim etadi, ammo «bu keyingi hafta sodir bo‘lmaydi» (10-16 fevral).
Volodimir Zelenskiy 6 fevral kuni Trampning hozircha Ukraina—Rossiya urushini to‘xtatish bo‘yicha rasmiy rejasi yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Avvalroq Kit Kellog AQSh Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar bosimini oshirishga tayyor ekanini bildirgan edi. Kellog hozirga qadar RFga nisbatan qo‘llangan cheklovlarni «10 balli shkalada uchga» baholagan. Uning hisoblashicha, Rossiya neftini qazib olish va eksportiga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27
-
Saudiya Arabistoni Haj mavsumida o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni to‘xtatib qo‘ydi
O‘zbekiston | 19:09
Mavzuga oid

21:30
Dafn marosimi va urush

19:46 / 25.04.2025
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi

21:23 / 24.04.2025
Zelenskiy Trampga Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha yangi takliflar yuborilganini ma’lum qildi

21:29 / 23.04.2025