Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda begona bola bilan muloqot qilishga uringan ruhiy xasta ayol ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, ayol o‘quvchining qo‘lidan ushlamoqchi bo‘lgan.
10 fevral kuni ertalab Toshkent shahri, Bektemir tumani, Bilol Nozim ko‘chasida joylashgan bekat oldida bir ayol maktab o‘quvchisi oldiga borib, muloqotga kirishgan. Qayd qilinishicha, so‘ngra ayol mahalla fuqarolarini ko‘rib, ketib qolgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, ayol o‘quvchining qo‘lidan ushlamoqchi bo‘lgan.
Toshkent shahri IIBB xabariga ko‘ra, Bektemir tumani IIO FMB tezkor chora-tadbirlar natijasida ayolni ushlagan. Uning 1990 yilda tug‘ilgani, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida muntazam davolanib turishi ta’kidlanmoqda.
Holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026