Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 2024 yilda YTH oqibatida 91 kishi halok bo‘ldi
Deputatlar shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) oldiga harakat xavfsizligini ta’minlash uchun bir qator vazifalarni qo‘ydi.
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahrida 2024 yilda 1280 ta yo‘l-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu raqam Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi qarorida keltirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, avariyalar oqibatida 1189 kishi jarohatlangan va 91 kishi halok bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisalarining 720 tasi piyodalar aybi bilan, 98 tasi tezlikni me’yordan oshirish oqibatida sodir bo‘lgan.
Deputatlar shahar YHXB oldiga harakat xavfsizligini ta’minlash uchun bir qator vazifalarni qo‘ygan:
- yo‘l-transport infratuzilmasi talabiga javob bermaydigan ko‘chalar va chorrahalar ro‘yxatini shakllantirib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga taklif kiritish;
- shahar ko‘chalarida transport va piyodalar oqimi, piyodalar bilan bog‘liq sodir etilgan avariya nuqtalarini aniqlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ko‘rish.
Qarorda YHXB Toshkent shahri budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 10 ta ko‘chma fotoradar qurilmasini xarid qilishi kerakligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, poytaxt ko‘cha va yo‘llaridagi 12 ta joyga qavariq piyodalar o‘tish joyini tashkil qilish belgilangan.
Mavzuga oid
12:13
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
11:02
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
10:18 / 19.01.2026
YHXB “raqamsiz Malibu” haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berdi
20:18 / 15.01.2026