Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bukri kit odamni yutib yuborib, so‘ng tuflab tashladi - video
Chilida bukri kit 24 yoshli baydarkachini qisqa muddatga yutib yuborib, so‘ng tuflab tashladi, deb xabar beradi CNN.
Qayd etilishicha, mazkur hodisani baydarkachining otasi tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan. Magellan bo‘g‘ozida suv ostidan chiqib kelgan kit bir necha soniyaga Adrian Simankasni yutib yuborgan.
«O‘girilganimda yuzimda shilimshiq narsani his qildim, qora-ko‘k va oq ranglarni, ortimdan nimadir yaqinlashganini ko‘rdim. O‘sha onda men hech narsa qila olmasligimni, o‘lib ketishimni o‘yladim», — deya eslaydi Adrian.
Noaniqliklarga qaramay, yigit qutqaruv nimchasi uni yuqoriga ko‘tarayotganini his qilgan va bir necha soniyadan keyin esa yana suv yuzasiga qalqib chiqqan.
Adrianning otasi Dellning so‘zlariga ko‘ra, u «chiroyli to‘lqinlar»ni payqagan zahoti holatni tasvirga olishni boshlagan.
«Ushbu jonzot inson kattaligidagi o‘ljalarni ov qilmaydi», — deydi Vanessa Pirotta ismli olim.
Magellan bo‘g‘ozi o‘zining tabiati bilan mashhur turistik yo‘nalishlardan hisoblanadi. Delfinlar va ko‘k kitlar orasida baydarkada suzish — hukumatning turistik saytida reklama qilinadigan ko‘ngilxushliklardan biridir.
Mavzuga oid
08:04 / 15.12.2025
Chilida prezidentlik saylovida konservator Kast g‘alaba qozondi
07:20 / 06.12.2025
Rossiya–Qozog‘iston, Argentina–Chili: dunyodagi eng uzun chegaralar ro‘yxati
20:14 / 19.09.2025
Chililik ayol o‘g‘irlangan qizlarini 45 yildan keyin topdi
21:36 / 23.06.2025